O‘zbekiston YeIning narkotiklarga qarshi dasturini qabul qilish arafasida

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishIzyatie v xode reydov narkotiki
Izyatie v xode reydov narkotiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi narkotiklarga qarshi kurash dasturining oltinchi bosqichini yana 18 oyga uzaytirib, uning ishtirokchilariga 1,5 million yevro ajratishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston Hukumati YeIning O‘rta Osiyoda narkotiklar tarq alishiga qarshi dasturini hozircha qabul qabul qilmadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yevropa Ittifoqi narkotiklarga qarshi kurash dasturining oltinchi bosqichini yana 18 oyga uzaytirib, uning ishtirokchilariga 1,5 million yevro ajratishni rejalashtirgan. Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ushbu dasturni allaqachon qo‘llab-quvvatlashgan. O‘zbekiston va Tojikiston esa uni hozircha qabul qilgani yo‘q.

“Biz ushbu dasturnining navbatdagi bosqichini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z fikrlarimizni O‘zbekiston Hukumatiga yetkazdik. Dastur bilan hech qanday kelishmovchiliklarimiz yo‘q, chunki biz unda 2002-yildan beri ishtirok etib kelmoqdamiz. Endi faqat ayrim masalalar qolgan xolos”, — dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi yetakchi eksperti Saodat Djumanova.  

Yevropa Ittifoqining narkotiklarga qarshi dasturining oltinchi bosqichi doirasida bo‘lgan doirasida Toshkent va Buxoro narkotik dispanserlari uchun qiymati 24 ming yevro bo‘lgan gematologik tahlil uskunalari sotib olingan edi. Shuningdek, o‘qituvchilar, ota-onalar, maktab o‘quvchilari  uchun maxsus treninglar o‘tkazilgan edi.

Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘tgan yili 3,54 tonnadan ortiq narkotik musodara qilindi

Ajratilgan mablag‘larni taqsimlash masalasida, suhbatdosh aytishiga qaraganda, asosan mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga bog‘liq.

“Dasturda ko‘zda tutilgan  o‘quv jarayonlari uchun mablag‘lar barcha ishtirokchilar orasida teng bo‘linadi. Moddiy-texnik ta’minot masalalarida esa YeI mamlakatning iqtisodiy holatiga qaraydi. Hozirgacha O‘zbekistonga  asbob-uskuna sotib olish uchun 50 ming yevro ajratilgan. Keyingi basqich doirasida yana shuncha yoki undan ham ko‘proq ajratilishi mumkin”, — dedi Djumanova.

Eslatib o‘tamiz, YeI narkotiklarga qarshi kurash dasturining asosiy maqsadi, Markaziy Osiyo mamlakatlarning narkotiklarga qarshi kurash potensialini mustahkamlashdir. Ushbu ko‘mak, maslahat berish, texnik yordam ko‘rsatish, narkotiklarga bog‘ldiq vaziyatni monitoring qilish, bemorlarni narkotik tobeligidan davolash  va boshqalardan iboratdir.

Yangiliklar lentasi
0