Rostislav Ishenko
Putinning Federal Kengashga murojaati prezident saylov kampaniyasi elementlaridan biri bo‘ladi, deya umid qilish to‘g‘ri bo‘lar edi. Bu umidlar o‘zini oqlagan bo‘lsada, faqatgina shu ma’noda-ki Vladimir Putin juda o‘zgacha, nostandart saylov kampaniyasini olib bormoqda.
Prezident ataydan saylovoldi agitatsiyasi bilan hattoki qiziqqani yo‘q, u namoyishkorona kundalik vazifalarini bajarmoqda. Boshqa nomzodlarning yugur-yuguri fonida, u uchun saylovoldi poygasi deyarli yo‘q hisob. U hech kim bilan bahslashmayapti, agitatsiya qilmayapti, ertagayoq "yorqin kelajak" va’dasini ham bergan emas. U shunchaki o‘z vazifalarini bajarmoqda.
Shu ma’noda ham murojaat Putinning saylov kampaniyasi ramkalariga to‘laligicha mos tushdi, deyish mumkin. U umuman saylov haqida emas. U nimalar amalga oshirilgani va nimalarni amalga oshirish lozimligi haqida. Yaqin yillar va yaqin o‘n yilliklar uchun qilingan rejalar haqida. Rossiyaning geosiyosiy pozitsiyalari haqida.Mamlakat va xalq kelajagi va bu kelajakni qay tarzda nafaqat farovon balki ishonchli himoyalangan qilish haqida. Eng asosiysi, u o‘nlab, balki yuzlab saylov kampaniyalaridagi kabi o‘ldirilmagan fillarni tarqatish bilan shug‘ullangani yo‘q.
Ushbu murojaat bilan, quyidagilar namoyish etilgandi: hukumat o‘ziga ishonadi, xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini his etadi. Aynan shu tufayli Rossiya zamonaviy notinch dunyo chaqiriqlariga go‘yoki metin kabi munosabat bildirmoqda, uni likillatishga urinishlari sari mustahkam bo‘lib bormoqda.
Serqutb dunyo
Bir necha yil oldin Putin Rossiya o‘ta qudratli davlat emasligi, bu maqomni egallashga hatto intilmasligi haqida bayonot qilgan edi. Ammo bu ta’kid, demak shunday hisoblash uchun asos borligi bilan o‘z-o‘zini inkor etardi. Mozambik yoki Paragvay, Braziliya yoxud Germaniya yetakchilarning kallasiga uning davlati — sverxderjava emas degan bayonot bilan chiqish singari fikr kelmasligi aniq. Bu shundoq ham barchaga ma’lum.
Bundan kelib chiqadiki, o‘ta qudratli davlat maqomini rad etgan Putin, Rossiyani shunday hisoblash uchun asos borligini ta’kidlagan edi.
Tushunishimcha, yuqoridagi ta’kidning aytilishiga sabab, "qudratli davlat" atamasi ikkiqutbli dunyo davrida paydo bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushigacha ko‘pqutbli dunyoda "qudratli davlat" atamasi qo‘llanilar, va bunday davlatlar soni turli davrlarda o‘ntagacha bo‘lgan.
SSSR tarqagach, qolgan yagona qudratli davlat — AQShni — global gegemon deb atay boshlashdi. Rossiya ko‘p qutbli dunyoni yaratish tarafdori ekanligini inobatga olsak, qudratli davlat degan maqomdan namoyishkorona voz kechish yagona gegemonlik joyini egallab olish yoki bipolyar dunyo formatiga qaytishga bo‘lgan intilish unda yo‘qligidan dalolat berishi lozim.
Shunday esa-da, 1-mart kuni Moskva Manejida rossiya parlamentariylariga murojaat o‘ta qudratli davlat yetakchisi tomonidan yo‘llandi. Yoki, ta’bir joiz bo‘lsa, koinotdagi subyektlilik va behudud suverinatga ega bo‘lgan uchta davlat rahbari tomonidan. Bu voqea butun dunyo e’tiborida bo‘lganini aynan shu bilan izohlash mumkin.
Koinot ko‘lamidagi iqtisodiy masalalar
Vladimir Putin tomonidan Rossiya uchun birinchi galdagi sifatida belgilangan masalalarning hayotga tatbiq etilishi global iqtisodiyotning yarmini nazorat qiluvchi, koinotning uchdan ikki qism aholisiga ega bo‘lgan dunyoning teng yarmidan kam bo‘lmagan davlatlar ishtirokini nazarda tutadi.
Rossiya prezidenti transevroosiyo savdo yo‘llari hamda Shimoliy dengiz yo‘li rivojiga juda katta e’tibor qaratdi. Mavjud va rejalashtirilgan rossiya portlari, temir yo‘l va avtomobil tranzit yo‘llari quvvati Rossiyani koinotning bog‘lovchi markazi — dunyo savdo yo‘llarining bosh chorrahasiga aylantirishini nazarda tutadi.
Bu shuningdek, tobora oldinga intilayotgan Rossiyaning ichki infratuzilmas rivoji bilan ham to‘ldirilishi kerak. Birinchi galda transport infratuzilmasi bilan. Jahon iqtisodiy munosabatlarining og‘irlik markazi Osiyo — Tinch okeani mintaqasiga tomon siljishi esa Rossiyadan Uzoq Sharqni va Chekka Shimolni imkon qadar tezroq o‘zlashtirishni talab etadi. Chunki yaqin o‘n yillikda bu mintaqalarda ularni rivojlantirish uchun kerak bo‘lgan millionlab odamlar paydo bo‘lishi kerak, u yerlarda bu odamlar nafaqat ish, balki Rossiyaning yevropa qismida erishilgan qulay shart-sharoitlar bilan ham ta’minlanishi zarur.
Ta’kidlaganimdek, Rossiya o‘z oldiga qo‘ygan masalalarni hayotga tatbiq etishga — faqatgina o‘ta qudratli davlatgina qodir. Yo‘q, buning sababi boshqa iqtisodiyotlar tezkorlik bilan rivojlana olishga yoki boshqalardan o‘zib ketishga qodir texnologik yechimlarni yoki qiziqarli bo‘lgan tranzit imkoniyatlarini taklif etishga qodir emasligi uchun ham emas. Rossiya — juda boy davlat, ammo dastlabki imkoniyatlari Rossiyanikidan ancha ancha olisda bo‘lgan mamlakatlar iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlangani tarixdan ma’lum.
Shunchaki, agar kimdir topsa, kimdir albatta yo‘qotgan bo‘ladi. Agar tranzit yo‘llar, jahon savdosi, sanoat ishlab-chiqarishi, yuqori texnologiyalar, istiqbolli ilm-fan Rossiya tomon siljigan ekan, u holda ular qayerdandir ketayapti, demak.
Va o‘sha qayerdir bu holatdan norozi. Rossiyaning bir necha bor o‘zaro manfaatli hamkorlik haqidagi takliflariga qaramay, g‘arblik hamkorlar kuch bilan (iqtisodiy va harbiy-siyosiy bosim bilan) bir tomonlama ustuvorlikni saqlab qolishga urindilar. Muvaffaqiyatsizliklar ketma-ketligi ular olib borayotgan siyosatni sog‘lomlashtirmadi — aksincha, yanada g‘azabnok qildi.
Shunday qilib, o‘zingizning loyiha va yutuqlaringizni himoyalashni bilishingiz kerak. Shu jumladan, xalqaro huquqni tan olmaydigan qo‘pol kuchlardan ham.
Yaratish va himoyalash
Putinning ushbu ma’ruzasi — Rossiya pozitsiyasini anglatishda tub burilish yasadi. Putin o‘z murojaatida birinchi marta G‘arbga pand-nasihat qilish va Rossiyaga bosim o‘tkazishning befoydaligini tushuntirish o‘rniga mamlakatni yengib bo‘lmaslik haqida dalillarni keltirib o‘tdi. RF Qurolli kuchlari yetarli darajada isloh qilingan, davr talabiga mos holatga keltirilgan, eng yangi (ko‘p hollarda noyob va koinotda hali hech kimda bo‘lmagan) qurollar bilan qurollangan va ulardan foydalanishga o‘rgatilgan. Shu bois Rossiya armiyasi bugungi kunda dunyoning eng kuchli va balansga keltirilgan armiyasi sanaladi. Shu bois ham Putin o‘zining ushbu murojaatida Rossiyaga yoki uning ittifoqdoshlariga qarshi tajovuzkorlik akti shu zahoti keng ko‘lamdagi harbiy javobga olib kelishi haqida bayonot qila oldi.
Shunday qilib, o‘ta qudratli davlatning oxirgi sharti bajarildi — jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lish kamlik qiladi, (inson hayoti doiralarida) tuganmas tabiiy resurslarga ham egalik qilish yetarli emas, eng old transport infratuzilmasiga ega bo‘lish yoxud uni yaratish ham kam. Bularning barchasi faqatgina davlat har qanday tajovuzkordan o‘z yutuqlarini himoyalay olsagina ish beradi.
Shu bois, prezident nutqining hajm jihatdan unchalik katta bo‘lmagan, ammo ma’lumotlar va hissiyotga boy, Rossiyaning qurol-yarog‘ sohasidagi yutuqlariga bag‘ishlangan qismi chet elda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Rossiyaning ittifoqdoshlari singari, uni yo‘q qilishga intilayotgan "hamkorlari" ham larzaga tushdi. Pentagonning munosabati oradan ikki soat o‘tib paydo bo‘ldi.
Amerikaliklar "agar bu rost bo‘lsa" degan so‘zlardan boshlab, o‘zlarining to‘liq nochorligini bildiruvchi dalillar bilan yakunlar edi.
2018 yilning 1-mart sanasida butun dunyo Rossiya nafaqat har qanday davlat tajovukorligidan, balki koalitsiya tarkibidan qat’iy nazar ham ishonchli himoyalanganini bilib oldi. Putin Moskvaning hech kimga tajovuz qilishni rejalashtirmayotganini ham eslatib o‘tdi. Ammo buning keragi ham yo‘q. Rossiyaga qarshi so‘nggi o‘n yillikda gibrid urushini olib borayotganlar uchun ularga Rossiyaning hujum qilmasligi emas, balki ularda Rossiyaga tajovuz qilish imkoniyati yo‘qligi katta fojeadir.
2018 yilning birinchi mart sanasi — Pax Americananing nihoyasi sanasidir. U uzoq vaqt kasal bo‘ldi, ammo o‘zini tetik tutishga harakat qildi, o‘lishni xohlamadi. U hozir ham "shifokor unga morgga yo‘llanma bergani"ga ko‘nishni istamayapti. Ammo endilikda o‘zining avvalgi holatida mavjud bo‘la olmaydi. O‘zining iqtisodiy va siyosiy asoslarini tubdan qayta qurish uchun ega bo‘lgan vaqtni esa no‘noqlarcha sarflab yuborgan va endilikda go‘zal va dahshatli yangi dunyoga qo‘shila olmaydi.
O‘n bir yil muqaddam Munxenda G‘arbni ogohlantirgan Putin Moskvada bunga nuqta qo‘ydi. Kechki Vashington qurgan tartib endi yo‘q, yangisi esa hali yaratilmagan. Yaqin o‘n yilda Rossiya ittifoqdoshlari bilan uni yaratish niyatida. G‘arb kollektivi bu hayot bayramiga kechikib bo‘ldi, ammo alohida mamlakatlar hali oxirgi vagonlarga chiqishga ulgurishlari mumkin.