Yana bir kurashga shaylangan Putinning "g‘alaba"lari

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin na ispitaniyax istrebitelya T-50
Prezident Rossii Vladimir Putin na ispitaniyax istrebitelya T-50 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
American boys, qizlar nega ularga turmushga chiqmasligi, shanbaning xosiyati, Ulug‘ Vatan urushi va doping g‘alvasi haqida

Ko‘pchilikning yodida, bir paytlar Rossiyada "Amerikalik yigit, o‘zing bilan olib ket", degan yarim ingliz, yarim rus jumlalar jaranglaydigan qo‘shiq ommalashgan edi. Paytlar bo‘lgan, rus qizlari amerikalikka turmushga chiqishni, rus yigitlari amerikalik bo‘lishni orzu qilardi. Qayd etilgan qo‘shiq ham bekorga kuylanmagan va bekorga ommalashmagan. O‘z davrida ommaning kayfiyatini ifodalagan edi.

Boris Yelsinning demokratik boshqaruvi jarayonida o‘tmishning yoppasiga qoralanishi, qadriyatlarning oyoqosti qilinishi ular bilan bir vaqtda millatning o‘ziga ishonchi va qadr-qimmati yerparchin bo‘lishiga olib kelgan, bir davlat fuqarolari o‘zligini unutib, boshqa mamlakatni orzu qilib qolgan edi.

Bugun Rossiyada shu kayfiyat yo‘q. Hech kim amerikaliklarga pastdan turib boqmaydi. Chet ellarda bo‘lganlar u yoqlarda rus ayollari o‘zlarini bosiq, g‘ururli tutishini, o‘z qadrini bilishlarini aytadi.

Xo‘sh, xalqda milliy g‘urur, o‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ldi?

Biroz g‘alati tuyular — bularning barchasi Vladimir Putin sababli yuzaga keldi. U davlat rahbari etib saylangandan keyin, xalqni milliy g‘oya atrofida birlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, xalqqa o‘zining qadr-qimmatini ko‘rsatadigan, o‘ziga ishonchni oshiradigan mafkura zarur edi.

Vladimir Putin Ikkinchi Jahon urushi natijalari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Putin: kimda-kim Ikkinchi jahon urushi natijalari qayta ko‘rib chiqishni istasa - marhamat!
Shunday g‘oya sifatida ikkinchi jahon urushi tanlandi.

Prezident Ulug‘ Vatan urushini milliy g‘oyaga aylantirib, millatni uning atrofda birlashtirdi. Bu o‘rinda gap urushda ham emas, gap g‘alabada. Millat o‘zining yaxlitligini his etishi uchun barcha a’zolari shaxsan daxldorlik hissini tuyuvchi umumiy nimadir bo‘lishi lozim.

Masalan, partiyalar xalqni birlashtirmaydi, pul, boylik ham bu ishni uddalolmaydi. Rossiyadek ulkan davlatda barcha uchun umumiy bo‘lgan milliy an’analar ham mavjud emas. G‘alaba esa — juda mos keladi. Zero, barchaning unga daxldorligi bo‘lgani holda, xalq g‘oliblarni yoqtiradi, o‘zini ularning qatorida ko‘rishni istaydi.

Urush haqidagi filmlar, Georgiy tasmasi, paradlar, "O‘lmas polk" — bularning barchasi shu g‘oyaga xizmat qildi va xalqda o‘sha g‘alabaga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otdi. Millatning o‘ziga ishonchini oshishiga, g‘ururi uyg‘onishiga sabab bo‘ldi.

Yahudiylarning mashhur iborasini eslang: "yahudiylar shanbani qanchalar saqlasalar, shanba yahudiylarni shuncha asradi".

Millatni birlashtiruvchi g‘oyada mayda-chuydalar bo‘lmaydi.

Iqtisodsiz, g‘oyaning o‘zi bilan bu darajaga erishib bo‘lmasdi, albatta. 90-yillarning boshboshdoqliklari jarayonida davlat mulki talon-toroj qilinib, yer osti boyliklari bir tutam epchillar qo‘liga o‘tib ketganda va ular davlat manfaatlari uchun xizmat qilish o‘rniga, teskari amallarini bajara boshlaganda, Putin sohani tartibga solishga jazm etdi. Bunda uning xavfsizlik tizimda ishlagani va huquq-tartibot organlari xizmat faoliyatini yaxshi bilishi qo‘l kelgan bo‘lsa ajab emas. Natijada milliy boyliklar boyliklari davlat va millat manfaatlari uchun xizmat qilishga erishildi.

Bularning barchasi davlatning iqtisodiy qudrati oshishiga, uning ortidan o‘ziga to‘q fuqarolarning ko‘payishiga olib keldi.

Albatta, o‘z g‘ururini tanigan, birovga bo‘ysunishni istamaydigan kishiniyam, davlatni ham yoqtirishmaydi. Shundan bo‘lsa kerak, bir paytlardagi g‘urursiz, o‘z muammosi bilan o‘ralashib qolgan, och-nahor Rossiyadan ko‘ra, bugungi o‘ziga to‘q Rossiyaning dushmanlari ko‘proq.

Birgina sport sohasini oling. Kun yo‘q-ki, Rossiya sportchilari aralashgan doping mashmashasi chiqmasa. Sport xalqning o‘ziga ishonchini oshiruvchi, jipslashtiruvchi jabha. Uning o‘zi emas, albatta, undagi g‘alabalar millatni g‘ururlantiradi. G‘alabani olib qo‘yish esa, millatning g‘ururiga raxna soladi.

Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Rossiyada mustaqil doping komissiyasi tuzishni taklif qildi

Putin yuritayotgan tashqi siyosat haqida so‘zlaganda, aytish lozimki, ayrim davlatlardan farqli o‘laroq, demokratiyani joriy qilish bahonasida tinch, farovon yashayotgan davlatlar ichki ishlariga aralashmaslikni ma’qul ko‘rishining o‘ziyoq, uning anchayin maqulligini ko‘rsatib, sohibini ayrimlardan uni bir pog‘ona yuqoriga olib chiqadi.

Bir paytlar, Putin Bosh vazir etib tayinlangan davrlarda "Argumenti i fakti" gazetasi gap orasida "bosh vazirimiz gapirishni o‘rganmoqda", deganga o‘xshash jumlani qistirib o‘tgan edi.

Putin, ilgarigi kasbi yopiqlikni talab qilishi, shunga ko‘nikkaniga qaramay, dunyo siyosatiga siyosatga ochiqlik va yengillik olib kirdi.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin "Bi-bi-si"ning AQSh bilan "kimo‘zar" o‘ynash haqidagi savoliga javob berdi
Ungacha hech bir davlat rahbari xalq bilan bu qadar ochiq muloqot qilmagan. Bu orada mukammal notiqlikniyam o‘rganib oldi. Deylik, uning har yillik matbuot anjumani har qanday tok-shoudan ko‘ra shov-shuvliroq, qiziqarliroq o‘tadi. Bu faqat Prezident davlat ahamiyatiga molik gaplarni aytgani uchungina emas, balki, uning shaxs sifatida ham jozibasi borligi, hozirjavobligi va yaxshi notiqligidan. Uni tinglab har doim: Rossiya to‘g‘ri va eng maqbul yo‘ldan bormoqda, deb o‘ylaysiz; Rossiya hech nimada aybdor emas, degan xulosaga kelasiz v shularga qattiq ishonasiz.

Yelsin Rossiya uchun, xalqi uchun ko‘p yaxshiliklar qildi, lekin uning tarix oldidagi eng katta ishi, faoliyatidagi asosiy yutug‘i — Putinni davlat tepasiga kelishiga sababchi bo‘lgani. Chunki Putin kundan kunga ortga ketib borayotgan Rossiyani qaytadan dunyoning eng yirik mamlakatlari qatoriga olib chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0