TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yangi turdagi strategik qurol-yarog‘lar haqidagi so‘zlariga Pentagonning reaksiyasi AQSh fuqarolarini tinchlantirishga qaratilgan, dedi RIA Novostiga Rossiya Mudofaa vazirligi qoshidagi jamoatchilik kengashi a’zosi, harbiy ekspert Igor Korotchenko.
Pentagonning rasmiy vakili Dana Uayt "AQSh Putinning gaplaridan "hayratga tushmaganini" va "nima bo‘lgan taqdirda ham o‘z davlatini himoya qilishga tayyorligiga" ishonchi komilligi haqida bayonot qilgan edi. Shuningdek, Putinning chiqishi vaqtida "AQShga hujum" aks ettirilgan videoroliklarning namoyishi AQSh Davlat departamenti tomonidan "mas’uliyatsiz"deya baholandi.
"Pentagonning bayonotlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning chiqishidan so‘ng ruhiy ta’sirni pasaytirishga qaratilganini tushunish kerak. Putin Shtatlarga tahdid qilmadi, u shunchaki, AQShning raketaga qarshi global mudofaa tizimini yaratishga bo‘lgan har qanday urinishi muvaffaqiyatga olib kelmasligini, yadroviy qurollar sohasidagi mavjud ustuvorlik, AQSh bunga qanchalik harakat qilmasin, hech qachon o‘zgarmasligi haqida ogohlantirdi" — dedi Korotchenko.