Putin Rossiya uchun eng asosiy tahdid va dushmanni ma’lum qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishYejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu
Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Federal yig‘inga mamlakatdagi holat hamda ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari haqida murojaat yo‘lladi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yangi murakkab holatlarni bartaraf eta oldi, mamlakat yaxlitligi ta’minlandi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin murojaatida.

Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya mudofaasi haqidagi savolga latifa bilan javob berdi

"Biz bor e’tiborimizni, bor kuchimizni bir mushtga jamlab og‘ir va samarali mehnat qilish uchun irodamizni ko‘rsatishimiz shart. Bunday qilmasak – bizning ham, farzandlarimizning ham, mamlakatimizning ham kelajagi bo‘lmaydi. Gap kimdir kelib yerlarimizni bosib olishi haqida bormayapti. Gap mutlaqo bu haqda emas. Biz uchun eng asosiy tahdid va dushman – qoloqlik. Agar vaziyatni o‘zgartirmasak, qoloqligimiz yanada kuchayadi", — dedi Putin.

Rossiya prezidenti har yili Federal yig‘inga mamlakatdagi holat hamda ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari haqida murojaat yo‘llaydi. U Rossiyaning yaqin istiqbol uchun rivojlanishning strategi yo‘nalishlarini ifodalovchi dasturiy siyosiy-huquqiy hujjatdir.

Yangiliklar lentasi
0