Turizm

"Hamma oʻz bilganicha ishlab keldi": Mirziyoyev turizm sohasini tanqidiy tahlil qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana / Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na zasedanii v Buxarskoy oblasti
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na zasedanii v Buxarskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti turistlarga sharoit yaratish, roʻyxatga olish tizimini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish , turizm xizmatlari eksportini 5 yil ichida ikki barobarga oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi. Prezident turizmning iqtisodiyotdagi oʻrnini alohida taʼkidlab, mamlakatda bu boradagi ahvol va sohani rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini birma-bir tahlil qildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy
Taʼkidlanishicha, yigʻilish tanqidiy ruhda oʻtgan.

Xususan, davlat rahbari Oʻzbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega boʻla turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toʻliq va samarali foydalanilmaganini taʼkidlab oʻtgan. "Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi, hamma oʻz bilganicha faoliyat yuritib keldi", — degan Mirziyoyev.

Turizmni rivojlantirish uchun qabul qilingan hujjatlar

Oʻzbekiston prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida belgilangan edi. Davlat rahbarining 2017 yil 16 avgustdagi qarori bilan 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonning turizm boʻyicha mutaxassislari xorijda tayyorlanadi

Joriy yil fevral oyining oʻzida Mirziyoyevning shu sohaga doir 4 ta muhim hujjati qabul qilindi. Ushbu hujjatlar bilan sohada yigʻilib qolgan muammolarni hal etish, turizm salohiyatini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga koʻplab imtiyozlar, yengilliklar berildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim oʻrinbosarlari lavozimlari tashkil etilgani mazkur tashkilotlarning imkoniyatlarini kengaytirdi.

Turistlar kelishi tartibi muntazam yengillashtirib boriladi

Joriy yilning 10 fevralidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz boʻlishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi. 2018 yil 1 iyuldan elektron vizalar joriy qilinadi.

Polzovatel za rabotoy - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonda 2018 yilda elektron viza tizimi ishga tushadi
22 fevral kuni oʻtkazilgan yigʻilishda elektron viza tizimini belgilangan muddatda toʻliq ishga tushirish, jahon tajribasini oʻrgangan holda bu tizimni yanada soddalashtirish va xorijiy turistlar kelishi tartibini muntazam yengillashtirib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Turistlar mamlakatga kelgandan soʻng yashash joyi boʻyicha 3 kun ichida roʻyxatdan oʻtishi zarurligi ularga noqulaylik tugʻdirayotgani qayd etildi. Sayyohlar xavfsizligini taʼminlash huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

"Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson boʻlmasligi kerak. Agar biz turizm hisobiga ish oʻrinlari ochamiz desak, turistga shart qoʻyish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur", degan Oʻzbekiston prezidenti.

Shu bois roʻyxatga olish tizimini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, bu masalani ichki ishlar idoralari, mehmonxonalar, davolash muassasalari, xususiy uylar va shu kabi joylashtiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning majburiyati sifatida belgilash, turistlarni bunday tashvishdan xoli qilish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Turistlar oqimini koʻpaytirish boʻyicha reja qoʻyildi

Yigʻilishda 2017 yilda Oʻzbekistonga qariyb 2 million 700 ming turist tashrif buyurgani aytildi. Bu koʻrsatkich sifat jihatidan tahlil qilinib, qarindoshlarini koʻrish, davolanish, oʻqish yoki tijorat kabi maqsadlarda kelayotganlar koʻpchilikni tashkil etishi taʼkidlangan.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, turizmning barcha istiqbolli yoʻnalishlarida sayyohlar sonini koʻpaytirish, turizm xizmatlari real eksportini 5 yil ichida kamida ikki barobar oshirish vazifasi qoʻyildi.

Prezident "Oʻzbekiston havo yoʻllari" faoliyatidan norozi boʻldi

Jahon sayyohlik tashkiloti maʼlumotiga koʻra, dunyo boʻylab sayyohlarning qariyb 60 %i eng qimmat ekaniga qaramasdan, havo transportidan foydalanadi. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasining bu boradagi sustkashligi qattiq tanqid qilindi. Aviachiptalar narxini optimallashtirish, yangi reyslar ochish, tranzit yoʻlovchilarni tashish imkoniyatini oshirish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish boʻyicha natijali ish olib borilmayapti.

Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston
Rozuqulov "Oʻzbekiston Havo yoʻllari" MAK rahbarligidan ozod qilindi

Shundan kelib chiqib, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar qoʻyildi. Ularga muvofiq, aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud boʻlgan maxsus moslamalar, mobil aloqa vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi.

Chet el tajribasini oʻrganish asosida "Qarshi" aeroportida "Ochiq osmon" rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratilmoqda. Kelgusida shunday tizim Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham qoʻllanadi.

Yigʻilishda qayd etilganidek, 30 kungacha viza olish bekor qilinganidan keyin ikki kun ichida Isroildan Oʻzbekistonga kelish uchun iyun oyigacha boʻlgan aviachiptalar sotib boʻlingan. Shu bois viza rejimi bekor boʻlgan davlatlardan qatnovlar soni oshiriladi, Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shaharlariga ham toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar ochiladi.

Prezident sayyohlarning kayfiyatiga taʼsir qiladigan eng kichik jihatlargacha eʼtibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari toʻliq ishlamasligi, uzundan-uzoq sunʼiy navbatlar, taksi xizmati koʻrsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash boʻyicha ham topshiriqlar berildi.

Mehmonxonalar soni koʻpaytiriladi, tadbirkorlarga yer beriladi

Turizmda mavsumiy davrni uzaytirish, koʻrsatiladigan xizmat turlarini koʻpaytirish va turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilinar ekan, mehmonxonalarning asosiy qismi Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ekani, turistlar oqimi oshgan davrda ularda ham joy yetishmasligi qayd etildi. Mehmonxonalarni koʻpaytirish, shu bilan birga, bu yoʻnalishda xususiy joylashtirish obʼyektlari va mehmon uylari tashkil etish, tadbirkorlarga yer ajratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yoʻllar boʻyida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

Koran i chetki - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Mehmonxonalarda Qurʼon, joynamoz va qibla koʻrsatgichi boʻlishi shart etib belgilandi

Madaniy meros obʼyektlariga kirish tizimini takomillashtirish, turniketlar, videokameralar va yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatish, axborot markazlari tashkil etib, ularda turistlarni qiziqtiruvchi barcha xizmatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilishda yangi xizmat va savdolar tashkil etish orqali valyuta tushumini koʻpaytirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, suvenirlar ishlab chiqarish va ularni maxsus kiosklarda sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan "Duty Free", "Tax Free" tizimidagi savdo shoxobchalarini turistik shaharlarda ham ochish, tadbirkorlik subʼyektlarini jalb qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Qadimiy shaharlarda tunu kun ishlaydigan sayyohlik hududlari, "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turistik zonalari tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi.

Yangiliklar lentasi
0