O‘zbekistonda 2018-yilda elektron viza tizimi ishga tushadi

© Jeshu JohnPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron vizani internet orqali rasmiylashtirib, aeroportda olishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Ushbu yilning avgust oyiga qadar O‘zbekistonda elektron vizalar berish jarayoni ishga tushadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi tartib sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy etilgan. Bundan buyon O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron viza uchun anketadi Internet orqali rasmiylashtirib, unga ijobiy yoki salbiy javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu ishni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskunalar sotib olish, O‘zbekistonda amal qilayotgan biometrik pasport tizimi asosida maxsus dasturlar ishlab chiqarish hamda sinovdan o‘tkazish ushbu yilning yoz mavsumi oxiriga qadar amalga oshiriladi”, — deyilgan Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabarida.  

Elektron vizalar sayyohlarga, ularning arizalari asosida O‘zbekiston aeroportlarida beriladi. Vizalar uchun to‘lovlar Visa vaMasterCard kabi xalqaro plastik kartalar orqali amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0