TOShKENT, 25 noya – Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining "Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan yangi davlat standarti ishlab chiqildi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portali.
Xabarda aytilishicha, "Turistik xizmatlar. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar" bo‘yicha standart 2018-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi belgilangan.
O‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra, har bir mehmonxonaning umumiy xonalar sonining kamida o‘ndan birida Qur’oni Karim, ibodat qilish uchun joynamoz hamda kamida 30 foizida qibla ko‘rsatgichi bo‘lishi shart.
Qayd etilishicha, bu ziyorat turizmini rivojlantirish, mamlakatga tashrif buyurayotgan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent xalqaro aeroportida namozxona tashkil etilgani ma’lum qilingandi.