Rossiya AQShni Markaziy Osiyodan siqib chiqarmoqda - Yevroparlament bayonoti

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Markaziy Osiyoda ta’siri sustlashgani bir jihatdan Afg‘onistondagi operatsiyalar ko‘lami pasayganligi bilan bog‘liq. Lekin asosiy sabab mintaqaning Rossiya ta’siriga qaytganligidir, deyiladi Yevroparlament bayonotida

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Vashington Rossiya ta’siri kuchayganligi tufayli Markaziy Osiyoda o‘z pozitsiyalarini yo‘qotmoqda. Bu haqda Yevroparlament bayonotiga tayangan holda RT xabar berdi, deb yozgan RIA Novosti.

Pentagon Afg‘oniston, Suriya va Iroqda qancha amerika askari borligini aytdi
"AQShning Markaziy Osiyoda ta’siri sustlashganini bir jihatdan Afg‘onistondagi operatsiyalar ko‘lami pasayganligi bilan bog‘lash mumkin. Lekin asosiy sabab mintaqaning Rossiya ta’siriga qaytganligidir. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Rossiyaning harbiy ittifoqdoshlari sanaladi. Aynan Rossiya, 2014-yilda, Qirg‘izistonni AQSh bilan "Manas" aviabazasi bo‘yicha bitimni uzaytirmaslikka ko‘ndirgan edi", — deyilgan hisobotda.

Hujjatda, shuningdek, AQSh Rossiya orqali Afg‘onistonga qurol-yarog‘ transportirovka qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligi ham eslatib o‘tilgan. 2015-yil Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQShga 2008-yildan buyon qurol-yarog‘ va aslahalarni transportirovka qilish imkoniyatini berib kelayotgan Shimoliy tarmoq bo‘yicha tranzitni yopgan edi.

Bundan tashqari, Yevroparlament, Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlarida savdo darajasi bo‘yicha ham Moskvadan ancha ortda qolayotganini qayd etgan. 2016-yilda AQShning mintaqa mamlakatlari bilan amalga oshirgan savdo hajmi 2,4%ni tashkil qilgan bo‘lsa, Rossiyaning bu bozordagi ulushi 18% darajasida saqlanib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0