O‘zbekistonga BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma’ruzachisi keladi

© IA "Jaxon"25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON
25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shahid boshchiligidagi delegatsiya 2-12 oktabr kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, respublikaning bu boradagi ijobiy tajribasi bilan tanishadi, tegishli tavsiyalar ishlab chiqadi, deb xabar bermoqda uzbekistan24.uz.

A.Shahidning tashrifi davomida davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Verxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Xususan, delegatsiya a’zolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Adliya, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Konstitutsiyaviy va Oliy sud, Bosh prokuratura, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Musulmonlar idorasida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Tashrif dasturida, shuningdek, milliy madaniy markazlar va diniy konfessiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Xalq qabulxonalari vakillari bilan uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda Toshkent islom universiteti talabalari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK) maxsus ma’ruzachilari inson huquqlari masalalari yuzasidan axborot va maslahat berish vakolatiga ega mustaqil ekspertlardir. Maxsus ma’ruzachilar tizimi BMT faoliyatida markaziy o‘rin tutadi hamda barcha fuqarolik, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarni qamrab oladi.

Maxsus ma’ruzachilar har yili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga, alohida hollarda esa, BMT Bosh Assambleyasiga hisobot beradi.

Yangiliklar lentasi
0