O‘zbek-qirg‘iz banklari o‘zaro savdo operatsiyalarini moliyalashtiradi

Obuna bo‘lish
Bugungi kunda respublika qo‘shni mamlakatga to‘qimachilik mahsulotlari, ho‘l va qayta ishlangan mevalar, tabiiy gaz, mineral o‘g‘itlar, plastmassa, poyabzal, sopol mahsulotlar, rangli metallar, elektr va mexanik mahsulotlar eksport qiladi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston banklari orasida hamkorlik shartnomalari imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yaqinda O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida O‘zbekiston Milliy banki, “Asaka” bank va “Sanoatqurilishbanki” Qirg‘izistonning "RSK Bankom" va "Ayil Bank"lari bilan hamkorlik shartnomalari imzolashdi.

Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali bir sutkada 7 ming nafar kishi o‘tishi ta’minlanadi

Imzolangan shartnomalarda banklar orasidagi kredit cheklovlari, savdo, eksport va import operatsiyalarini moliyalashtirish mexanizmlari haqida kelishib olingan.

Ushbu shartnomalarda belgilangan shart-sharoitlar haqidagi dastlabki kelishuvlarga o‘tgan yilning dekabr oyida erishilgan edi. O‘shanda davlar orasida moliyaviy hamkorlik haqida shartnoma imzolangan edi.

Shuningdek, hukumatlararo shartnoma O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Qirg‘iziston bozoriga yetkazib berish uchun 100 million dollargacha bo‘lgan miqdorda maxsus kredit liniyalari ochishni ham nazarda tutgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonda - Sputnik O‘zbekiston
Yon qo‘shni – jon qo‘shni yoxud o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari haqida

Yaqin vaqt ichida ikki mamlakat yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida moliyalashtirish ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlar ro‘yxatini belgilab olishga kelishildi.

Ana shunday shartnomalardan biri O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikasini "Ayil bank" orqali moliyalashtirish yo‘li bilan Qirg‘izistonga yetkazib berish nazarda tutilgan. Shartnoma umumiy qiymati 600 ming dollar bo‘lgan asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar yetkazib berishni nazarda tutgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston qo‘shni mamlakatga to‘qimachilik mahsulotlari, ho‘l va qayta ishlangan mevalar, tabiiy gaz, mineral o‘g‘itlar, plastmassa, poyabzal, sopol mahsulotlar, rangli metallar, elektr va mexanik mahsulotlar eksport qiladi.

Propusknoy punkt «Kasansay” v Namanganskoy oblasti vozobnovil rabotu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi yana bir o‘tkazuv punkti ochildi

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga transport vositalari, qora metallom, energiya manbaalari, qurilish materiallari, oyna mahsulotlari olib kelinadi.

Ayni damda O‘zbekistonda Qirg‘iziston sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 53ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 4tasi – 100% qirg‘iz sarmoyasi yordamida tashkil etilgan.

Qirg‘iziston korxonalari faoliyat yuritayotgan asosiy sohalar bu – qurilish materiallari, qandolat mahsulotlari, poyabzal, chakana savdo, oshxona xizmati, reklama xizmatlari va tarnsport-ekspeditorlik xizmatlari.  

Qirg‘iziston hududida esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida 20ta korxona tashkil qilingan. Ulardan 18tasi faol xo‘jalik subyektidir.

 

Yangiliklar lentasi
0