O‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali bir sutkada 7 ming nafar kishi o‘tishi ta’minlanadi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovKontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom
Kontrolno propusknoy punkt na granitse s Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘sh viloyatidagi nazorat o‘tkazish joyida qo‘shimcha 10 ta pasport tekshiruv xonalari o‘rnatildi. Bu fuqarolarning 1,7 baravar ko‘p o‘tishini ta’minlaydi

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati tomonidan o‘zbek-qirg‘iz chegara uchastkasidagi nazorat o‘tish joyidan fuqarolar qatnovini tezlashtirish maqsadida tegishli choralar ko‘rildi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy birgalikda Yevropagacha eng qisqa temiryo‘l quradi

Birinchi navbatda chegara xizmati tomonidan qo‘shimcha pasport nazorat xonalari o‘rnatiladi.

Shuningdek, O‘sh viloyatidagi "Dostuk-avtoyo‘l" xalqaro o‘tish joyida qo‘shimcha 10 ta (5 ta chiqish va 5 ta kirish) pasport tekshiruv xonalari o‘rnatildi.

"Ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolarning bir sutka davomida 7 ming kishi yoki 1,7 baravar ko‘p o‘tishi ta’minlandi", — deyilgan Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabarida.

Batkent tumanidagi "Qadamjoy-avtoyo‘l" punktida ham qo‘shimcha pasport nazorati xonalari o‘rnatildi. Bugungi kunda bir sutkada 700-750 ming kishi o‘tishiga mo‘ljallangan punkt orqali 2-2,5 ming kishi o‘tmoqda.

2018 yil 19-yanvardan qo‘shimcha pasport nazorat xonalar ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Jalolobod tumanidagi "Madaniyat-avtoyo‘l" xalqaro nazorat o‘tish joyidan 2 ta qo‘shimcha pasport tekshiruv xonalari ochildi.

Yangiliklar lentasi
0