O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi yana bir o‘tkazuv punkti ochildi

© nuz.uzPropusknoy punkt «Kasansay” v Namanganskoy oblasti vozobnovil rabotu
Propusknoy punkt «Kasansay” v Namanganskoy oblasti vozobnovil rabotu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegaradan o‘tish uchun O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosining pasporti bo‘lsa kifoya, boshqa hech qanday hujjat talab qilinmaydi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Kecha Namangan viloyatidagi "Kosonsoy" nazorat-o‘tkazuv punkti O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarini chegara orqali har ikki yo‘nalish bo‘yicha yana o‘tkazishni boshladi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Otkritie KPP Dostuk na granitse Kirgizstan-Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi "Do‘stlik" punkti ochildi: telegrammalarga hojat qolmadi

Endilikda fuqarolarning yuz kilometr yo‘l bosib Andijon viloyatidagi Do‘stlik chegara punktiga borishlariga hojat qolmadi.

Nazorat punktining ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi. Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiy vakillari, madaniyat va san’at ustalari, aholi ishtirok etdi.

O‘zbekiston MXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi xodimlarining aytishlaricha, "Kosonsoy" punkti orqali har ikki tomonga kuniga 2 ming nafargacha kishi o‘tishi mumkin. Hozirda chegaradan o‘tkazish sinov rejimida olib borilmoqda. Chegarachilarning so‘zlariga ko‘ra, punkt tez orada to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

© nuz.uz"Kosonsoy" nazorat o‘tkazuv punkti ochilish marosimi
Propusknoy punkt Kasansay v Namanganskoy oblasti vozobnovil rabotu - Sputnik O‘zbekiston
"Kosonsoy" nazorat o‘tkazuv punkti ochilish marosimi

"Kosonsoy" nazorat-o‘tkazuv punkti ertalab 7dan 18gacha ishlaydi. Chegaradan o‘tish uchun O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosining pasporti bo‘lsa kifoya, boshqa hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Uzbekistan i Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlaridagi yangi sahifa

Chegara qo‘mitasi vakilining bildirishicha, hozircha faqat piyoda fuqarolar o‘tishi mumkin, keyinroq avtomobillarni o‘tkazish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Aholining o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan o‘tishi 2010-yilda amalda to‘xtatib qo‘yilgan, punkt cheklangan rejimda ishlardi.

Chegaralarni ochish haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga tashrifi davomida kelishib olingandi.

Shu yilning 6-sentabr kuni Andijon va O‘sh viloyatlari o‘rtasidagi "Do‘stlik" nazorat o‘tkazuv punkti ochilgandi.

Yangiliklar lentasi
0