Prezident ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta RTPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maishiy chiqindilarni qayta ishlash haqida so‘z borar ekan, prezident xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va keng joriy etish zarurligini ta’kidladi

TOShKENT, 2 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-fevral kuni ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, respublikada 53 foiz aholiga sanitar-tozalash xizmati ko‘rsatiladi, xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. Deyarli barcha qishloqlarda maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash va tashish umuman yo‘lga qo‘yilmagan.

Musorovoz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning 14 hududida chiqindilarni qayta ishlash klasteri paydo bo‘ladi

Yig‘ilishda shu kabi kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib, tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga tegishli vazirliklar bilan birgalikda shaharlarda chiqindi yig‘ish shoxobchalarini tartibga solish, qishloq aholi punktlarida sanitar-tozalash xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha 5-yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Ushbu dasturda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi sonidan kelib chiqib, chiqindi yig‘ish maydonchalarini namunaviy loyihalar asosida optimal tashkil etish, chiqindi tashish maxsus texnikalari xaridini ko‘paytirib, qishloq aholisini sanitar-tozalash xizmatlari bilan bosqichma-bosqich qamrab olish, davlat-xususiy sheriklik prinsipi asosida "Toza hudud" unitar korxonalari buyurtmasiga ko‘ra sohada tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

Maishiy chiqindilarni qayta ishlash haqida so‘z borar ekan, prezident xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.

SSSR videomagnitofoni Elektronika VM12 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda elektrotexnika chiqindilari qayta ishlanadi

"Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Gollandiya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda 60-65 foiz maishiy chiqindi qayta ishlanadi, 20-25 foizidan energiya olinadi, qolgan qismi yoqiladi. Ya’ni chiqindini poligonlarda ko‘mishga ham ehtiyoj yo‘q. Buning natijasida yer resurslari tejaladi, iqtisodiy samaraga erishiladi va atrof-muhitga salbiy ta’sir kamayadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan kelib chiqib, joriy yilda O‘zbekistonning 9 ta shahrida chiqindini yig‘ish va qayta ishlash klasterlarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, Farg‘ona vodiysi, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladigan chiqindini qayta ishlash loyihalari bo‘yicha investorlar bilan bitimlar imzolash, loyiha hujjatlarini tayyorlash va moliyalashtirish yuzasidan "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Plastik, polietilen va boshqa qadoqlash materiallarini to‘plash, utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga topshirishda ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini joriy qilish zarurligi qayd etildi.

Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Masalan, Andijon, Angren, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq, Toshkent va Nukus kabi sanoatlashgan shaharlarda havoning chang bilan ifloslanish darajasi sanitar meyordan o‘rta hisobda 2,7 barobar ortgani kuzatilgan.

Ekologicheskiy reyd protiv deyatelnosti brakonyerov - Sputnik O‘zbekiston
Brakonyerlar tufayli O‘zbekiston tabiatiga 258 million so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan

Shu bois, Ekologiya davlat qo‘mitasi mutasaddilariga xalqaro tajriba asosida atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Masalan, o‘tgan yili hayvonot va o‘simlik dunyosi bo‘yicha 3 ming 782 ta huquqbuzarlik va brakonyerlik holatlari aniqlangan. 8 ta davlat qo‘riqxonasidan 6 tasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida, 2 tasi Geologiya va Ekologiya qo‘mitalari tasarrufida bo‘lib, ularni boshqarishda yagona tizim mavjud emas. Shu bois, qo‘riqxonalarni yagona davlat organiga biriktirish masalasini o‘rganib, asosli takliflar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Chiqindilarni to‘plash va tashish ishlarini doimiy nazorat qilish, aholining bu boradagi madaniyati va mas’uliyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

"Bu boradagi ishlar zamirida odamlarning sog‘lig‘i, turmush farovonligi yotibdi. Shu bois, bu masala bilan har bir tumanda va doimiy shug‘ullanish kerak", dedi davlat rahbari.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0