Brakonyerlar tufayli O‘zbekiston tabiatiga 258 million so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan

© Press-slujba GoskomprirodiEkologicheskiy reyd protiv deyatelnosti brakonyerov
Ekologicheskiy reyd protiv deyatelnosti brakonyerov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston noyob jonivorlar-sayg‘oqlar va jayronlar saqlanib qolgan dunyoning besh mamlakatidan biridir. Sahro kengliklarida yashashga moslashgan bu jonivor nafaqat go‘shti, balki shoxlari uchun brakonyerlar o‘ljasiga aylanmoqda

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, "Qizil kitob"ga kiritilgan noyob jonivorlarning nobud qilinishi oqibatida hayvonot dunyosiga jami 258 million 360 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston noyob jonivorlar-sayg‘oqlar va jayronlar saqlanib qolgan dunyoning besh mamlakatidan biridir.

Aydar ko‘l - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev buyrug‘i: maxsus otradlar Aydar ko‘l hududini brakonyerlardan tozalaydi
"Sahro kengliklarida yashashga moslashgan bu jonivor tabiat injiqlaridan emas, odamzotning hakalak otgan nafsi tufayli qirilib ketayotgani juda achinarli. Hayvon nafaqat go‘shti, balki shohlari (jayron shohlari sharq tabobatida keng qo‘llaniladi) uchun brakonyerlar o‘ljasiga aylanmoqda", — deyiladi Hukumat portali xabarida.

Jayron O‘zbekiston"Qizil kitobi"ga kiritilgan bo‘lib, uni O‘zbekistonda ovlash taqiqlangan.

2018 yil 20-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioinspeksiyaning hududiy inspeksiyalari inspektorlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda Taxtako‘pir tumani "Kitay-kozgan" kollektori hududida tezkor reydlar olib borildi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Turiniyoz Nurabullayev, Sidilla Arimbetov, Atamurat Berdiyarov, Salomat Iskandarov boshqaruvida bo‘lgan "UAZ-469"rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda ov quroli bilan otilgan 20 bosh yovvoyi jayron olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0