O‘zbekistonda elektrotexnika chiqindilari qayta ishlanadi

SSSR videomagnitofoni "Elektronika VM12"
SSSR videomagnitofoni Elektronika VM12 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholidan yaroqsiz elektrotexnikalarni qabul qilishning ilk bosqichi joriy yilning 11-aprelidan Toshkent shahrida, MediaPark savdo majmualari bilan hamkorlikda boshlanadi

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor elektrotexnika chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. "TOShRANGMETZAVOD" loyihasi "Tabiatga imkon bering" brendi nomi ostida faoliyat boshladi. Bu haqda loyiha saytida xabar berilmoqda.

"Tabiatga imkon ber" loyihasi doirasida ishdan chiqqan qurilmalar qabul qilib olinadi va ulardan qurilish uchun zarur — sim, armatura, metall va plastmassa mahsulotlar tayyorlanib, arzon narxlarda taqdim etiladi.

Loyiha ikki yo‘nalishda faoliyat olib boradi: yuridik shaxslarning elektrotexnika chiqindilarini yo‘q qilish va qayta ishlash hamda jismoniy shaxslardan elektronika chiqindilarini qabul qilish.

Chiqindini qayta ishlash zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda chiqindini qayta ishlash zavodi ishga tushadi

Aholidan yaroqsiz elektrotexnikalarni qabul qilishning ilk bosqichi joriy yilning 11-aprelidan Toshkent shahrida, MediaPark savdo majmualari bilan hamkorlikda boshlanadi.

Buning uchun, MediaPark savdo majmualari hududida "Tabiatga imkon ber" qabul markazlari ochiladi va loyihaga taqdim etilgan eski texnika o‘rniga kupon beriladi.

Kuponlar yordamida esa MediaPark savdo majmualaridan yangi texnika qurilmalarini xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Loyiha bosqichma-bosqich barcha viloyat, tuman va shaharlarda "Tabiatga imkon ber" qabul markazlarini ishga tushiradi. Bu ko‘chalardagi chiqindilar hajmini sezilarli kamaytiradi va o‘z navbatida yurtimizning ekologik holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

"TOSHRANGMETZAVOD RECYCLING" MChJ elektrotexnika chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha "TOShRANGMETZAVOD" XII AJ bilan O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hamkorlikdagi dasturi faoliyatini amalga oshiradi.

"TOSHRANGMETZAVOD RECYCLING" MChJning asosiy vazifalaridan biri elektrotexnika chiqindilarini yo‘q qilish hamda qayta ishlashda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bunda ishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan, atrof-muhitni qattiq chiqindilar bilan zararlanishi oldini olish tartibida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0