TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekistonning 14 shahrida qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishning yangi tizimi yaratildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston rivojlanishining yangi tizimida ekologik xavsizlik alohida o‘rin egallagan.
“Gap chiqindilarni majmuali boshqarish tizimi haqida ketmoqda. U maishiy chiqindilar hajmini kamaytirish, barcha hududlarda ularni jamlash va olib chiqish, maksimal utilizatsiya qilish texnologiyalaridan foydalanish, ularni qayta ishlash va ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish, atrof muhit va iqlimga yetkizilayotgan zararni kamaytirish uchun musor poligonlarini zamonaviylashtirish choralarini qamrab olgan”, — dedi Qo‘chqorov MDH davlatlari ekologiya vazirlari uchrashuvida.
Undan tashqari O‘zbekiston biologik xilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi faoliyatni ham kuchaytirish niyatida. Ushbu maqsadda respublikada 17ta yangi qo‘riq zonalar tashkil qilinib, mavjud qo‘riq zonlarining hududlari kengaytiriladi. Shunda qo‘riq maydonlarining umumiy hududi 9 mln gektardan oshib, respublika umumi hududining 17 %ni tashkil qiladi.