"So‘zning mohiyatini anglamaydilar": Madaniyat vaziri xonandalarni tanqid qildi

Obuna bo‘lish
San’atkorlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda so‘z madaniyati, xorijga chiqib "tor doirada" qo‘shiq aytib, "konsert qo‘yib" kelayotgan xonandalar va shu kechayu-kunduzda ishlanayotgan tuturiqsiz kliplar borasida fikrlar bildirildi

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. "O‘zbekkonsert" davlat muassasasida taniqli estrada xonandalari va yosh ijrochilarning navbatdagi ijodiy davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar qildi muassasa matbuot-xizmati.

O‘zbek estradasiga nazar: zamonaviy qo‘shiqlar haqida luqmalar
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev estrada san’ati oldida turgan dolzarb muammolar va ularning yechimlari va sohaga oid muhim masalalar xususida so‘z yuritdi.

"Ochig‘ini aytish kerak, bugun ijod ahli uchun barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar keng yaratilyapti. Bunday sharoitlardan oqilona foydalanish, xalqimizga manzur va maqbul bo‘ladigan yangidan yangi kuy qo‘shiqlar yaratish har bir xonanda. va ijrochining burchi va vazifasi. Takror va takror aytaman, ayrim yosh xonandalarimiz so‘zning mohiyatini yaxshi anglamaydilar. Ustoz san’atkor O‘zbekiston xalq artisti Faxriddin Umarov so‘zning mazmun mohiyatini nihoyatda teran tushunar, kerak bo‘lsa, uncha buncha adabiyotshunos olimni ham hayratga solardilar. Yosh ijrochilar, xonandalar ustoz san’atkorlardan ibrat olsalar nur ustiga nur bo‘lardi.

Har bir xonanda kuylayotgan qo‘shig‘ining so‘ziga, mazmuniga ehtiyotkorlik bilan yondoshish zarur. Xalqimizda ijod izlanish demak,degan gap bor. Vaqt shitob bilan o‘tib borapti. Bundan har bir xonanda unumli foydalanib qolishi kerak. Mehnat qilayotgan ijodkor borki, davlatimiz nazaridan chetda qolmayapti, qadr topayapti".

Sayfullayev san’atkorlarning xorijga chiqish masalasi xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Unvon olgunicha tinimsiz yelib-yuguradi": Mirziyoyev xonandalarni tanqid qildi
"Albatta, xorijga chiqib o‘z iste’dodini namoyon qilish san’atkorning baxti. Ammo, masalaning muhim jihati shundaki, har bir xonanda biror bir davlatga chiqishidan avval, u yerdagi sharoitni yaxshilab o‘rganishi kerak. Aksariyat hollarda taniqli, ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar xorijga taklif qilinib, u yerga borgach, ko‘rsalarki, tor doirada, kichkinagina davralarda konsert o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Bunday holatlar, birinchidan, millatimiz, milliy madaniyatimiz va san’atimiz, xonandalarimiz sha’niga, g‘ururiga aslo to‘g‘ri kelmasligini unutmaslik kerak. Shu bois har bir xonanda, san’atkor qaysi davlatga bormasin, mana shu jihatlarini e’tibordan chetda qoldirmagani ma’qul. Qaysi bir xalqning san’atkori o‘zbek tilida kuylay oladi.

Bizning xonandalarimiz esa hamma tilda bemalol kuylay olishadi. Shuning uchun izlanishdan, mehnatdan, ijod qilishdan to‘xtamasligimiz kerak", — dedi vazir.

Amfiteatr - Sputnik O‘zbekiston
Insofga kelmagan estrada xonandalari san’atkorlar safidan chiqariladi
Davra suhbatida "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov so‘zga chiqib, "O‘zbekonsert" davlat muassasasi huzurida 2018-yildan boshlab kliplar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha badiiy kengashning tuzilishi va bu kengashning maqsad, vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

"Har bir xonanda, dedi u o‘z so‘zida, qo‘shiqqa klip ishlashdan avval tuzilgan badiiy kengash a’zolari chig‘irig‘idan o‘tkaziladi. Klip mazmun mohiyati ma’qul kelsagina uni ishlashga ruxsat beriladi. Yana qo‘shimcha tarzida shuni ta’kidlamoqchimanki, xonandalarning xorijga chiqish masalasi, kliplar xususidagi qo‘yilayotgan bu vazifalarning barchasi san’atimiz nufuzini ko‘tarish, xonandalarimizning sha’niga dog‘ tushirmaslik maqsadida qilinayotgan xayrli ishlardir"

Yig‘ilishda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov so‘zga chiqib, "qo‘shiqlarimiz, kliplarimizni oynai jahonda efirga uzatish uchun ma’lum bir foiz chegirmalar qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi, degan taklifni o‘rtaga tashladi". Bildirilgan bu taklif ma’qullanib, kelasi yildan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi va nodavlat telekanallar rahbarlariga taklif sifatida kiritilishi lozim deb topildi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0