Insofga kelmagan estrada xonandalari san’atkorlar safidan chiqariladi

© SputnikAmfiteatr
Amfiteatr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Estrada xonandalari orasidagi mas’uliyatsiz, faqat o‘zini o‘ylaydigan ayrim san’atkorlar iloji boricha tarbiyalanishi, agar insofga kelmasa, ular o‘z-o‘zidan san’atkorlar safidan chiqarilishi e’lon qilindi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Kuni kecha "O‘zbekkonsert" davlat muasasasi tomonidan "Turkiston" saroyida "Qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin" mavzusida estrada xonandalari bilan yig‘ilish tashkil etildi, deb xabar qildi "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi matbuot-xizmati.

O‘zbek estradasiga nazar: zamonaviy qo‘shiqlar haqida luqmalar
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Xojimatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimi Abduvahob Saxiyev estrada xonandalari, va Muassasa xodimlari ishtirok etdi.

"O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktori v.v.b. A.Haydarov so‘zga chiqdi.

© uzbeknavo.uzVstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston

"Boshqalar bilmasa ham, biz o‘z qadrimizni, noyob iste’dodimizni asrab-avaylashimiz, san’atkorning nomini, sha’ni va obro‘ e’tiborini himoya qilishimiz zarur. Shunday qo‘shiqlar aytaylikki, qo‘shiqning qudratini tushungan imonli, e’tiqodli kishilar sizlarni o‘g‘il qizlariga ibrat qilib ko‘rsatsin. Hamma ham san’atkor bo‘lolmaydi, faqat Olloh suyib iste’dod ato etsagina o‘sha inson el nazariga tushadigan xonanda bo‘lib tanilishi mumkin.

Xonanda Lola Yo‘ldosheva - Sputnik O‘zbekiston
Shou-biznesmas, to‘y-biznes: Lola Yo‘ldosheva o‘zbek san’atkorlarini tanqid qildi
San’atkorlik kasbi esa insondan sabr-toqat va metindek iroda talab qiladi. Chunki, elga tanilgan har bir san’atkor omma e’tiborida bo‘lib, ularning ijodi va faoliyati har doim muhokama etib boriladi. Va ular o‘z navbatida tanqidlarga uchrashi ham ehtimoldan holi emas. San’atkor o‘rinli keltirilgan tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirishi lozim. U o‘shandagina san’atkorlik maqomini saqlab qola oladi. Xalq nazarida bo‘lgan san’atkorlarimiz tinimsiz mehnatda va izlanishda bo‘lishlari kerak. Ularning mehnatdan, harakatdan bir lahzaga to‘xtashi omma e’tiboridan chetda qolishiga sabab bo‘ladi. San’atning yuki og‘ir. Ammo, buni hamma ham tushunavermaydi, to‘liq anglamaydi.

Achinarli tomoni shundaki, odatda estrada xonandalarining faoliyatini ko‘plab boshqa kasb egalari tanqid qiladi.

© uzbeknavo.uzVstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston

Bugungi yig‘ilish ana shunday noxush holatlarning oldini olish, xonandalarni qiynayotgan muammolardan xabardor bo‘lish, kelgusida o‘zaro kelishib, maslahatlashib ishlashdan iborat" — dedi u.

Estrada xonandalari madaniyat va san’at yo‘nalishining ko‘pchiligini tashkil etadigan jamoa hisoblanadi. Barcha ahil, hamjihat va hamfikr bo‘lsa, oradagi mas’uliyatsiz, faqat o‘zini o‘ylaydigan ayrim san’atkorlarni iloji boricha tarbiyalanishi, agar insofga kelmasa, ular o‘z-o‘zidan san’atkorlar safidan chiqishi ta’kidlandi.

© uzbeknavo.uzVstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradi v konsertnom dvorse Turkiston

"Qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin" mavzusidagi yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir jamoa bo‘lib ishlab, ijod qilishga kelishildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0