Trend bo‘lgan Ostrogorskiy: yilning eng mashhur iboralarini yodga olamiz

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil nomdor siyosatchilar va taniqli biznesmenlar tomonidan aytilgan "trend" darajasiga ko‘tarilgan iboralarga boy bo‘ldi. Yil davomida jarang topgan eng yorqin iboralarni e’tiboringizga havola qilamiz

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Sputnik tahririyati 2017-yil davomida jamoatchilik tomonidan muhokama qilingan eng mashhur iboralarni e’tiboringizga havola qilmoqda.

Ushbu iboralar orasida tugab borayotgan yilda ro‘y bergan eng shov-shuvli hodisalarni o‘zida to‘liq aks ettirganlari ham bor.

"Tuf senga, Aleksey Navalniy"

Aleksandr Pushkin portreti - Sputnik O‘zbekiston
Eh, Pushkin, Pushkin!
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Usmonovni Rossiya bosh vaziri Medvedevga pora berishda, davlat mulkini o‘g‘irlashda, shaxterlarga kam oylik to‘lashda va O‘zbekistonda "zo‘rlab nomusiga tegish" jinoyati sodir etaganlikda ayblagan edi.

Usmonov o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish maqsadida Aleksey Navalniyga video murojaat yo‘llab, yuqoridagi ayblovlarning har birini aniq faktlar bilan inkor etib, "Tuf senga, Navalniy" degan va muxolifatchi ustidan Lyublino sudiga da’vo arizasini bergan edi.

Putin: xakerlik hujumlariga aloqamiz yo‘q

Amerika OAVlari tomonidan yil davomida eng ko‘p yoritilgan mavzular — bu Trampning prezident bo‘lishiga yordam bergan "Rossiya aralashuvi" atrofidagi hangomalar bo‘ldi.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama saylovlarga "aralashgani uchun" Rossiyadan o‘ch olishga so‘z berdi

Amerika maxsus xizmatlari rossiyalik xakerlar AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi serverini buzishgani haqida bayonot berib, bundan "Rossiya aralashuvi" haqida xulosaga kelgan edilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha marotaba Rossiya AQShdagi saylovlarga aralashmagani haqida rasman ma’lum qildi.

"Biz hech qanday xakerlik hujumlari bilan shug‘ullanmaganmiz. Har qanday davlat, hattoki Rossiya singari davlat ham saylov kampaniyasi faoliyati va uning natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin", — degan edi Putin.

Vladimir Putin Rossiyaning Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga aralashuvini yolg‘on deb baholagan hamda demokratlar "Rossiyadan bo‘layotgan tahdidlarni" ko‘pirtirib ommaga havola qilish o‘rniga, saylovchilardan uzr so‘rashi kerakligini qayd etib o‘tgandi.

"Aqldan ozgan chol"

KXDR yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In o‘z qo‘shinlariga "yov umurtqasini sindirishga" tayyor turishni buyurdi
KXDR Davlat kengashi Raisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampni "aqldan ozgan amerikalik chol" deb atadi va uni "olov bilan bo‘ysundirishi"ni ma’lum qildi.

Shuningdek, Kim Chen In "Shimoliy Koreyani to‘liq yo‘q qilishi" haqidagi telbanamo so‘zlari uchun "javob berish"ga majbur qilishga va’da berdi.

Bunga qadar Donald Tramp o‘zining BMTda so‘zlagan nutqida modomiki, KXDR AQSh va uning ittifoqdoshlari uchun xavf tug‘diradigan bo‘lsa, Vashingtonning "Shimoliy Koreyani to‘liq yo‘q qilishdan o‘zga chorasi qolmasligi"ni ma’lum qilgan edi.

Trend bo‘lgan Ostrogorskiy

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligida faoliyat yuritgan, o‘zbek millatini sevmaganligi tufayli ishdan haydalgan "noinsof Ostrogorskiy" haqida o‘z murojaatnomasida tilga olgach, 22-dekabr kuni "Ostrogorskiy" familiyasi internetda eng ko‘p izlangan familiya bo‘ldi.

Prezidentning o‘z nutqi davomida aytgan "Ostrogorskiy-Mastrogorskiy-Sastragorskiy-Gastrogorskiy" jumlasi esa xalq orasida shu kunlarda qayta-qayta takrorlanayotgan eng mashhur iboraga aylanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0