Kim Chen In o‘z qo‘shinlariga "yov umurtqasini sindirishga" tayyor turishni buyurdi

© REUTERS / KCNAKXDR yetakchisi Kim Chen In
KXDR yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kim Chen Inga Janubiy Koreyaning qo‘g‘irchoqqa aylanib qolgan dushman kuchlarining shimoliy-g‘arbiy orollardagi so‘nggi harakatlanishlari hamda qo‘shimcha kuchlar olgan Yonpxondo orolidagi bo‘linma holati haqida bayonotni o‘qib eshittirishgach, u o‘z qo‘shinlariga jangovar tayyor holatda turishga buyruq bergan

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Sariq dengizda, Janubiy Koreya bilan baxsli dengiz chegarasiga yaqin joyda joylashgan, Chanjedo va Mudo orolchalaridagi  Koreya Xalq Armiyasi artilleriya bo‘linmalarini shaxsan borib tekshirdi. Xabarga ko‘ra, Kim Chen In harbiy xizmatchilarni "birinchi buyruq jaranglashi bilan dushman umurtqasini sindirish"ga tayyor holatda turishga chaqirgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya o‘zini "Sharqning yetakchi yadroviy davlati" deb atadi
"U (Kim Chen In) Yonpxondo orolini Chanjedo orolidagi kuzatuv punktidan ko‘zdan kechirdi. Unga Janubiy Koreyaning qo‘g‘irchoqqa aylanib qolgan dushman kuchlarining shimoliy-g‘arbiy orollardagi so‘nggi harakatlanishlari haqida hamda ayni vaqtda qo‘shimcha kuchlar olgan Yonpxondo orolidagi bo‘linma holati haqida bayonotni o‘qib eshittirishgach u (Kim Chen In) dushman obyektlaridagi yangi garnizonlar bo‘ylab artilleriya zarbasini berish bo‘yicha reja bilan tanishgan va tegishli topshiriqlarni bergan", — deb ta’kidlanadi Koyeya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

"U (Kim Chen In) frontning janubi-g‘arbiy liniyasini himoya qilayotgan Koreya Xalq Armiyasi oliy artilleriya bo‘linmalari yuqori jangovor tayyorgarlikni saqlab turishlari va birinchi buyruq bilan dushman umurtqasini sindirishga tayyor bo‘lishlari lozimligini ta’kidlagan", — deyiladi xabarda.

Shimoliy Koreyaning Chanjedo va Mudo orollari hamda Janubiy Koreyaning Yonpxondo oroli Sariq dengizdagi munozarali dengiz chegarasiga yaqin joyda joylashgan.

KXDRda raketa uchirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Koreyscha ogohlantirish: yadro sinovlari jahon hamjamiyatini tashvishlantirmoqda
Sariq dengizda belgilangan chegara chizig‘i Koreya yarim orolidagi bahsli hudud sanaladi. "Shimoliy chegara chizig‘i" deb ataluvchi chiziq 1950-53 yillardagi urushdan so‘ng (yarashuv bitimi imzolanganiga qaramay) Koreyada BMT bayrog‘i ostida jang qilgan AQSh tomonidan bir tomonlama tartibda o‘tkazilgan. KXDR ushbu chiziqni tan olmay, chegarani o‘zi belgilab olgan. Ammo Pxenyan o‘tkazgan chiziqni Janubiy Koreya tan olmaydi.

KXDR tomonidan qator ballistik raketalar sinovi o‘tkazilgach Koreya yarimorolidagi ziddiyat yanada o‘tkir tus oldi. AQSh KXDRga qarshi harbiy harakatlar bo‘lishi mumkinligi ehtimolini aytib o‘tgan, ammo hozircha Pxenyanga sanksiyalar yordamida iqtisodiy bosim o‘tkazib, "jilovlab turishga" e’tibor qaratmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0