TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Sputnik muxbirlari bu yil tajriba tariqasida bozor va do‘konlardagi o‘tgan hafta va yangi yil bayramiga yaqin bo‘lgan shu hafta narxlar tahlil qilib chiqishdi.
Bozor va yirik savdo marketlardagi narxlar solishtirganimizda, ayrim mahsulotlar o‘rtasida farq borligiga amin bo‘ldik.
Jumladan, do‘konlarda 1 kg banan 21 mingdan arzon emas, bozorda esa ularning narxi 19 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Bir hafta oldin bozorlarda 1 kg banan 14 ming so‘mga olish mumkin edi.
"Golden", "Boyko" navli olmalar 8-10 ming so‘mga olish mumkin, "Saltanat" navligisi esa 18 ming so‘m va undan yuqori. Shu kunlarda marketlarda esa eng arzon olma 10 ming so‘mdan boshlanadi.
Bozor va yirik savdo tarmoqlardagi do‘konlarda asosan Turkiyada yetishtirilgan mandarinlar sotilmoqda. Ayrim joylarda Pokiston va Eronda yetishtirilgan mandarinlarni uchratish mumkin. Bozorda ularning narxi 10 ming so‘mdan boshlanadi, do‘konlarda 15 ming so‘m. Kichik navli mandarinlar esa 22 ming so‘mga sotilmoqda.
Shu yilda bozorlarda ananas juda ko‘payib ketganligiga ahamiyat berdik. Ular deyarli hamma joyda 20 ming so‘m atrofida sotilmoqda.
Ko‘pchilik dasturxonga anor qo‘yadi. Shahar bozorlarda 1 kg anor narxi 8-15 ming so‘m atrofida. O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum esa 15 ming so‘mdan arzoniga topib bo‘lmaydi.
Bayramona dasturxonga an’anaga ko‘ra, "Olivye" va boshqa salatlar tayyorlanadi. Bu masalada eng muhim mahsulot bu yerda tuxum. Bozorlarda bir dona tuxum 400 so‘mga olsa bo‘ladi, lekin uzundan-uzun navbat kutish kerak bo‘ladi. Do‘konlarda esa bir donasi 800 so‘mga sotilmoqda.
Kartoshka bozorlarda 3 ming so‘mga olsa bo‘ladi, bu narxni shaxar xokimi tomonidan o‘rnatgan. Do‘konlarda 1 kg kartoshkani 500-1000 so‘mga olsa bo‘ladi. Tanlab olingan kartoshkani esa 4,5 ming so‘mga olsa bo‘ladi. Lavlagi va sabzini bir ming so‘mga olsa bo‘ladi. Do‘konlarda sal qimmatroq, lekin 2 mingdan ortiq emas.
Salatga solinadigan yashil no‘xat yoki shirin makkajo‘xori eng ommabopi deyarli barcha do‘konlar va bozorlarda 9,5 ming so‘mga sotilmoqda. Ayrim joylarda konservalangan no‘xat va makkajo‘xori 4 ming so‘mga topsa bo‘ladi.
Deyarli hamma joyda 1 kg seledka 23 ming so‘mga sotilmoqda.
"Aviasozlar" bozorida "Xolodes" uchun mol oyog‘i 15-40 ming so‘mga sotib olsa bo‘ladi. Bir hafta oldin 10-25 ming so‘mga sotishgandi. Lekin kimda "xolodes" pishirishga vaqti bo‘lmasa, buning uchun boshqa yechim bor. Bozorlarda tayyor "Xolodes" sotilyapti. Bunday taom supermarketlarda ham bor: ular 200-250 gr o‘rtacha 8-10 ming so‘mga sotib olsa bo‘ladi.
Tovuq go‘shti narxi uncha ham ko‘p oshgani yo‘q. Xususan, bir hafta oldin bozorlarda tovuq go‘shtini 1 kg uchun 18 ming so‘mga sotib olish mumkin edi. Shu hafta esa 20 ming so‘mdan arzon narxdagisini topa olmaysiz. Tovuq go‘shti filesi 1 kg uchun 23-25 ming so‘m atrofida sotilmoqda. Tayyor gril tovuq esa bayram kunlari 28 ming so‘mdan arzon emas.
Bozorlarda mol go‘shtini 26 ming so‘mga topsa bo‘ladi, biroq unga albatta katta suyak qo‘shib berishadi. Lahm go‘sht esa 40 mingdan arzon narxda topa olmaysiz.
O‘zbekistonda ko‘plab oilalarda yangi yil bayramiga nafaqat milliy palov, balki norin tayyorlanadi. Agarda siz oldindan harakat qilib, xamirni o‘zingiz tayyorlagan bo‘lsangiz, bu yaxshi. Chunki tayyor xamirning narxi 13-15 ming so‘m atrofida. Ushbu taomning yana bir muhim masallig‘i bu qazi. Shaharning turli tumanlarida qazining narxi har xil. Qazi bozorda 60 ming so‘mga sotilmoqda, boshqa joylarda esa 1 kg uchun 65 ming so‘mga sotilmoqda. Bir hafta oldin bir dona qazini 50 ming so‘mga olsa bo‘lardi.
Sabzavotlarning narxi ham ko‘tarilib ketdi. Bir hafta oldin 1 kg bodring 10 ming so‘mga olsa bo‘lardi. Bu hafta esa, balki sovuq tushishi sababli 1 kg "Orzu" navli bodring 25 ming so‘mga sotilmoqda. Pomidorlar 15 ming so‘m sotilmoqda, kichik "cherri" navli pomidorlar 25-30 ming so‘mga olsa bo‘ladi. Bozor va do‘konlardagi savzovotlarning narxlari deyarli bir xil.
Agarda tanlovingiz palov bo‘lsa, yuqorida sanab o‘tganlarga qo‘shimcha yog‘, sabzi, guruch olish kerak bo‘ladi. Ularning narxi deyarli o‘zgarmadi. Bozorda piyoz 1,5-2 ming so‘m, supermarketlarda 2 ming so‘m atrofida. Shahar bozorlarda guruch turli joylarda naviga qarab 3-8 ming so‘m atrofida o‘zgarib boradi. Bozorlarda 1 l paxta yog‘i 10 ming so‘mga topsa bo‘ladi. O‘simlik yog‘i esa savdo joylarda 10 ming so‘mdan boshlanadi.
Shu yilda "Koka-kola" ichimligining narxi 6-7 ming so‘m atrofida. Eng yaxshisi yangi yil bozorlarida sotib olish kerak. Bu yerda 1,5 l idishligisini 6 ming so‘mga olsa bo‘ladi, shu kattalikdagi "Fanta" ichimligi esa bir ming so‘mga qimmatroq olishingiz mumkin. Bunday farq sababini hech kim bilmaydi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan "shampanskiy" ichimligi 18 ming so‘mdan kamiga sotilmayapti.
Mahsulotlarni qayerda sotib olish-tanlov, bu albatta pul va vaqtga bog‘liq. Savdo markazlarning eng asosiy afzalligi — bu do‘kon ichi issiqligi, xizmat, bir joyda hamma mahsulotlarning borligi. Shuningdek, yana bir narsa, O‘zbekistondagi yirik savdo tarmog‘i aksiya e’lon qilgan, ya’ni do‘konlar 30, 31-dekabr kechasi ham ishlaydi. Bunday imkoniyatlar bozorlarda yo‘q. Bozorlarda har xil do‘konlarni yugurib aylanishingiz kerak. Biroq bozorda savdolashsa bo‘ladi. Aytingchi, O‘zbekistonda kim savdolashishni bilmaydi!