TOShKENT, 27 dek — Sputnik. 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi.
Joriy yilning 26-dekabr kuni, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga jami 3734 dona prezident sovg‘alari avtotransportlarda, 6265 dona Prezident sovg‘alari "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-27 dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 9 ta viloyatga yetkazildi.
Sovg‘alar 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan "Prezident archasi" tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.