Ostrogojskaya davlat rahbariga yolg‘on hisobot berishni odatiy holga aylantirgan – OAV

© Foto : jarmolukPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U har yili hisobot yilining 15-dekabridan boshlab budjet tashkilotlari bo‘yicha barcha turdagi harajatlarni, shu jumladan oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy to‘lovlarni sun’iy to‘xtatib qo‘ygan

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi sobiq vazir va sobiq boshqarma boshlig‘ining ish uslubini jiddiy tanqid qilgan edi.

Ushbu tanqiddan so‘ng internetda prezident tanqidiga uchragan shaxsning kimligiga qiziqish ortib ketdi va uning Moliya vazirligining davlat budjeti bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlagan Ella Ostrogojskaya ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ayovsiz "savalagan" Ostrogorskiy kim?

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Ella Ostrogojskaya haqida ayrim ma’lumotlar keltirilgan maqolani e’lon qildi.

Ma’lumot berilishicha, E.Ostrogojskaya ko‘p yillar Moliya vazirligining davlat budjeti bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida respublika iqtisodiyotiga va davlat budjetiga katta zarar yetkazgan.

"O‘zini xon, ko‘lankasini maydon, deb hisoblagan bu xonim budjet profitsiti ko‘rsatkichlarini soxtalashtirish, bu orqali esa soxta obro‘-e’tibor qozonishga harakat qilgan", deyiladi maqolada.

U har yili hisobot yilining 15-dekabridan boshlab budjet tashkilotlari bo‘yicha barcha turdagi harajatlarni, shu jumladan oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy to‘lovlarni sun’iy to‘xtatib qo‘ygan. Sobiq vazir bilan til biriktirib davlat rahbariga yolg‘on hisobot berishni odatiy holga aylantirgan.

Oqibatda hududlarning rejadan oshirib bajargan daromadlari respublika budjetiga majburan olib qo‘yilgan. Ularning ustidan hukm o‘tkazib, bosh egib kelmaguncha erkin mablag‘lar qoldig‘i ularning ixtiyoriga berilmagan.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi tizimida 500dan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

Vaziyat shungacha borganki, E.Ostrogojskaya sobiq vazir va xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i bilan til biriktirib, vazir o‘rinbosarlariga ham tazyiq o‘tkaza boshlagan. O‘ziga yoqmaganlarning lavozimini pasaytirgan yoki ularni ishdan bo‘shatib, qutulib qo‘yaqolgan.

"Birgina misol: hududlarning moliyaviy haq-huquqlarini himoya qilgan vazir o‘rinbosarlaridan birini dastlab, Jamg‘armaga, keyinchalik eng quyi bo‘g‘inga ishga yuborgan.

Bugungi kunda haqiqat qaror topib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur shaxs munosib lavozimga tayinlandi.

Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda xalqimizning eng zarur ehtiyojlari umuman hisobga olinmagan", deb yozadi agentlik.

Keltirilgan faktga ko‘ra, 2016-yilda davlat budjetidan tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun bor-yo‘g‘i 483 so‘m ko‘zda tutilgan. Respublika bo‘yicha jami dori-darmon va tibbiyot vositalariga 229 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu raqamlarni taqqoslash uchun 2018-yil davlat budjeti parametrlarida tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 5 000 so‘m yoki jami dori-darmon va tibbiyot vositalariga 915 milliard so‘m (4 baravarga ko‘p) rejalashtirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Prezident deputatlar ma’qullagan davlat budjetini imzolamasligini aytdi

"Endi tasavvur qiling: Tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 483 so‘m belgilagan bu "jonkuyarlar" nahotki ketadigan xarajatlarni hisobga olmagan bo‘lsa?

Bitta shpris yoki bint ham bundan qimmat-ku?

Texnika xarajatlari, shifokorning bir kunlik mehnatini kim qoplaydi?

Aslida tez tibbiy yordamga chaqirilgan shifokorning ko‘zingizga qarab turishiga, jamiyatimizda korrupsiyaga yo‘l ochgan shaxslar shular emasmikan?!

Bu hali bir sohaning bir yo‘nalishi. Endi davlat budjetini tasavvur qilavering!", deya yakunlanadi maqola.

Yangiliklar lentasi
0