TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida 2018-yilgi davlat budjeti haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
"Hisobotlarda go‘yoki ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlar, bizga raqamlar emas, odamlarning ahvoli, turmush darajasi yaxshilanishi kerak. Mahalliy kengash, tuman, shahar va respublika shu bilan shug‘ullanishi kerak.
Kecha budjet muhokama qilinganini ko‘rdim. Deputatlar ma’qullagan budjetni men imzolamayman. Avval muammolar hal qilinsin. Moliya vazirligidagi noinsoflarga qulay bo‘lgan budjetni emas, xalqimizga oson bo‘lgan budjetni imzolayman.
Qo‘chqorov o‘zgarish qilmasa bir oyda ishdan haydayman. Ertangi kunni o‘ylaydigan Moliya kerak menga", dedi prezident.