O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan suv muammosi bo‘yicha hamkorlikni tikladi

Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda Qirg‘iziston bilan qo‘shma ishchi guruh tashkil qilinmoqda, shuningdek Turkmaniston bilan ham hamkorlikdagi loyihalar mavjud

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘tgan shu yil mobaynida O‘zbekiston mintaqadagi davlatlar bilan suv muammolari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarda o‘z sa’y-harakatlarini faolashtirdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo bo‘yicha "olti diplomatiya" taklifi

Bu haqda kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan ochiq o‘quv seminarda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev ma’lum qildi.

"Suv masalalar bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhlarning maqsadli uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Hamkorlik harakatlari konstruktiv muloqot ruhida va qo‘shni davlatlarning manfaatlarini o‘zaro hurmat qilish ruhida o‘z ifodasini topmoqda", — dedi Hamroyev.

Bunga misol, 2016-yil noyabrida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan ishchi guruhi tashabbuslari tufayli ko‘plab dolzarb masalalar hal qilindi. Shu vaqt ichida bir qancha uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda suv munosabatlarining barcha sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Postoyanniy koordinator OON Xelena Freyzer posetila Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston
BMTning O‘zbekistondagi vakili: Orol muammosini birgalikda hal qilish kerak

Xamrayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonning boshqa yaqin qo‘shnisi — Tojikiston bilan ham ish olib borilmoqda. Hamkorlik ishchi guruhi faoliyati jarayonida ikki mamlakat manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadigan barcha suv xo‘jalik masalalari har tomonlama batafsil muhokama qilinib, samarali hal qilinmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida hamkorligi uch tomonlama ishchi guruhi doirasida samarali hamkorlik rivojlanmoqda, uning tarkibiga "Amudaryo" suv xo‘jaligi tashkiloti kiradi. Tomonlar o‘zaro ishonch va bir-birlarining manfaatlariga hurmat ruhida har tomonlama daryo suv oqimlaridan birgalikda foydalanish masalalari hal qilinmoqda.

Bugungi kunda Qirg‘iziston bilan birgalikda ishchi guruh tuzilmoqda.

"Mintaqadagi suv resurslaridan birgalikda foydalanish uchun o‘zaro maqbul mexanizm va tamoyillar barcha mamlakatlar manfaatlari, mavjud bo‘lgan muammolarni hal etish uchun barqaror, uzoq muddatli, va eng muhimi, ishonchli asos yaratishga imkon beradi", — dedi Shavkat Hamroyev.

Uning fikricha, bugungi kunda mintaqada transchegaraviy havzalarda suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq yangi muammolar paydo bo‘lmoqda. Ular aholining o‘sishi, oziq-ovqatga bo‘lgan talabning ko‘payishi, sanoat rivojlanishi, iqlim o‘zgarishi, muzliklarning jadal erishi va boshqa ko‘plab antropogen omillar bilan bog‘liqdir.

Hamroyevning so‘zlariga ko‘ra, transchegaraviy suv resurslarini birgalikda foydalanish uchun umumiy yechim topmasdan, Markaziy Osiyodagi muammolar yanada kuchayadi.

Sudno na dne Aralskogo morya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Orol dengizini qayta tiklashga yordam beradimi

"Shu bois, O‘zbekiston mintaqaviy davlatlar bilan suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha har tomonlama muloqotni amalga oshirishga tayyor va xalqaro huquq normalar asosida tegishli konvensiyalarni faol ravishda ishlab chiqilishiga chaqiradi", — deb yakun yasadi Hamroyev.

Yangiliklar lentasi
0