BMTning O‘zbekistondagi vakili: Orol muammosini birgalikda hal qilish kerak

© Twitter / UN in UzbekistanPostoyanniy koordinator OON Xelena Freyzer posetila Karakalpakstan
Postoyanniy koordinator OON Xelena Freyzer posetila Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT vakili Helena Freyzer va Shveysariya elchisi Olivye Shav Orol dengizi hududiga tashrif buyurib u yerdagi ahvol bilan yaqindan tanishishdi.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. BMT vakili Helena Freyzer va Shveysariya elchisi Olivye Shav 12-14 oktabr kunlari Orol dengizi hududiga tashrif buyurib, hududning hozirgi ahvoli, hukumatning ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlari, iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishishdi.

13-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorgi Kengesi va Vazirlar Kengashida qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda hududning shu kundagi ahvoli, hamkorlik natijalari va istiqbollari haqida umumiy tasavvur olish, hamda Orolbo‘yi hududida istiqomat qiluvchi hamjamiyatlarga ko‘mak berish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishga ko‘mak berdi.

“Orol dengizi fojeasi natijasida aziyat chekkan odamlarga yordam ko‘rsatish uchun ham hukumat, ham xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari zarur. Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan BMTning Qo‘shma dasturi Orol dengizi hududi uchun Davlat dasturida belgilangan ustuvorliklarni aks ettirayotgani va to‘ldirayotgani muhimdir”, — deya ta’kidladi Helena Freyzer.

Bugungi kunda Orol dengizi hududida BMTning “Orol fojeasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qo‘shma dasturi amalga oshirilmoqda.

© Twitter / UN in UzbekistanKorabl na meste visoxshego Aralskogo morya
Korabl na meste visoxshego Aralskogo morya - Sputnik O‘zbekiston
Korabl na meste visoxshego Aralskogo morya
Rasmiy delegatsiya, Nukus va Mo‘ynoqda BMT ko‘magida amalga oshirilgan namunaviy obektlarga tashrif buyurdi. Xususan, Toshkent Agrar universitetining Nukus filiali huzuridagi fermer va dehqonlarga axborot ko‘magini ko‘rsatish – “Maslahat–axborot markazida”, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, aviatashuvlar va yer usti transporti sohasida keng qo‘llaniladigan aniq ma’lumotlarni to‘xtovsiz taqdim etuvchi avtomatlashtirilgan meteorologik stansiyada ham bo‘lishdi.
Sudno na dne Aralskogo morya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Orol dengizini qayta tiklashga yordam beradimi

Undan tashqari, delegatsiya O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘magida ishga tushirilgan hunarmandchilikni rivojlantirish markazi va Qoraqalpog‘iston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda ochilgan tikuv sexida ham bo‘lishdi.

Shuningdek, mehmonlar Mo‘ynoqda tikuv va suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sexga, komputer xizmatlarini ko‘rsatish markazi va yuqori sifatli tibbiy ko‘mak ko‘rsatish “Orol” qishloq vrachlik punktiga ham tashrif buyurishdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra Quyi Amudaryo havzasining irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga safar dasturning eng muhim tashriflaridan biri bo‘lgan. Bu erda Shveysariyaning rivojlanish va hamkorlik bo‘yicha Agentligini moliyaviy ko‘magida suv resurslaridan foydalanish samarasini oshirishga yo‘naltirilgan BMT Qo‘shma dasturining loyihasi amalga oshirilmoqda. Xelena Freyzer va Olive Shav, mazkur boshqarmaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, hamkorlik loyihasi doirasida olingan ofis uskunalari va texnika vositalarini topshirdilar.

Yangiliklar lentasi
0