TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Bugun 18-dekabr umumjahon migrantlar kuni. Ushbu bayram 2000-yilda BMT tomonidan belgilangan, RIA Novosti xabariga asosan.
Ushbu sana bekorga tanlanmagan, 1990-yilning aynan shu kunida BMT mehnat-migrantlarining va ularning oila a’zolarini huquqlarini himoya qiluvchi konvensiyani imzolagan edi.
Jahonla migratsiya ommaviylashuviga mamlakatlarning turli darajadagi iqtisodiy rivojlanishi sabab bo‘lgan. Iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan mamlakatlarda, tabiiyki ishchi kuchiga bo‘lgan talab oshadi. Undan tashqari bugungi kunda rivojlangan mamlakat orasida aholi “qarishi” holati kuzatilmoqda. Ya’ni ishlaydiganlarga nisbatan nafaqaxo‘rlar soni ko‘payishi ham yosh ishchi kuchi yetishmasligiga olib kelmoqda.
Migratsiya turli muammolarga sabab bo‘lsada, aksariyat hollarda migrantlar o‘zlari kelgan mamlakatdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishadi, mahalliy aholi ishlashni xoxlamagan ish o‘rinlarini egallashadi. Shuningdek, migrantlar orasida tadbirkorlar ham paydo bo‘lib, mamlakat YaIMiga o‘z hissasini qo‘shish hollari ham ko‘plab kuzatilmoqda.
2016 yilning sentabr oyida BMT migrantlar va qonchinlar masalasi bo‘yicha ilk bor umumjahon deklaratsiyasi qabul qildi. Nyu York deklaratsiyasi deb nom olgan ushbu hujjat migrantlar va qochqinlarga nisbatan inson huquqlarini himoya qilish, javobgarlik burchi barcha uchun bir xil bo‘lishi, inson hayotini har narsadan ustun qo‘yish kabi normalardan foydalanishga da’vat etadi. 2018-yilda xavfsiz, tartibli va boshqarish imkoni bo‘lgan migratsiya haqidagi umumjahon shartnomasi imzolash rejalashtirilgan.
Jahon banki tadqiqotlariga ko‘ra, dunyoda 247 million kishi (3.4 %) o‘z vatanidan uzoqda yashar ekan. Migrantlar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar bugungi kunda AQSh, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Rossiya, BAA, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Avstraliya.
Migrantlar o‘z vatanlariga o‘tkazgan pullar miqdori 2016-yilda 429 mlrd dollarni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatgich 2015-yilda 1%ga, 2016-17 yillarda 2,4%ga kamaygan.
Xususan, jo‘natilgan pullar miqdori bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakat mehnat migrantlari 62,7 mlrd $ mablag‘ o‘tkazgan. Xitoy – 61 mlrd, Filippin — 29,9 mlrd, Meksika - 28,5 mlrd, Pokistan - 19,8 mlrd, Nigeriya - 19 mlrd.
Rossiya IIV hisobotiga ko‘ra, 2017-yilning 11 oyida Rossiyada 14 mlndan ortiq chet el fuqarolari ro‘yxatga olingan. Ular orasida eng ko‘p o‘zbekistonliklar – 3,1 mln kishi, Tojikiston – 1,58 mln va Ukraina – 1,34 mln.