O‘zbekiston fuqarolari - qonunga itoatkor migrantlar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPassajiri poyezda "Tashkent - Moskva", pribivshego na Kazanskiy vokzal, na platforme
Passajiri poyezda Tashkent - Moskva, pribivshego na Kazanskiy vokzal, na platforme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu raqam qariyb 1 million kishini tashkil qiladi. O‘zbekiston fuqarolarining ko‘pchiligi Rossiyada qonuniy ishlash uchun keladi

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiyadagi migrantlarning 10 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubovga tayangan holda RIA Novosti xabar qildi.

Mer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Sobanin migrantlar haqida: har bir odam o‘z davlatida yashashi kerak

"Rossiyadagi migrantlarning 10 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi. Ushbu raqam qariyb 1 million kishini tashkil qiladi. Ularning ko‘pchiligi Rossiyada qonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib keladi", — deya ta’kidladi Zubov.

Bu raqamlarni IIV vazir o‘rinbosari Federatsiya kengashi ko‘mita yig‘ilishida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish to‘g‘risida bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida aytib o‘tgandi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilda xorijiy fuqarolarga berilgan patentlarning qariyb 50 foizi (765,8 ming patent) O‘zbekiston fuqarolariga rasmiylashtirilgan. "Ushbu raqamlar O‘zbekiston fuqarolari qanchalik qonunga itoatkor ekanligini ko‘rsatadi", — dedi vazir o‘rinbosari.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Sobanin Moskva migrantlar patentidan qancha daromad qilganini aytdi
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan qabul qilingan bitim ushbu jarayonlarni yanada tartibga solib, Rossiyada ishchi kuchiga ehtiyoj bo‘lgan tarmoqlarga xodimlarni jo‘natish imkoniyat beradi. Shuningdek, bitim O‘zbekiston fuqarolarini haq-huquqlarini himoya qilib, ishlash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.

"Ushbu bitim kelgusida Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzish va noqonuniy mehnat migratsiyasi holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi", — dedi Zubov.

Zubovning so‘zlariga qaraganda, bitim O‘zbekistonda vakolatxonalar ochilib, ularda mehnat migrantlari ishga joylashtirish uchun zaruriy tadbirlar amalga oshiriladi. Shundan keyin fuqarolar aniq ish joyiga Rossiyaga kelishadi.

Yangiliklar lentasi
0