TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Chet elga yakka tartibda mehnat faoliyati amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan fuqarolar davlat organlarini ogohlantirish majburiyati qo‘yilishi mumkin.
Ushbu taklif va qonun loyihasi Mehnat vazirligidagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan va yangi qonun loyihalarini muhokama qilish yagona portaliga joylashtirilgan.
Hujjatda aytilishiga ko‘ra, chet elga yakka tartibda mehnat faoliyati amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari, belgilangan tartibdagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Hujjatlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish yo‘li bilan ham taqdim etilishi mumkin bo‘ladi.
Hujjat O‘zbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dekabr oyining oxirida yangi qonun Vazirlar mahkamasiga yo‘naltiriladi.