Putin o‘zbekistonlik migrantlarga nafaqa olish huquqini beruvchi qonunni imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari o‘z mamlakatida aniq mutaxassilik bo‘yicha tayyorlanib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib Rossiyaga ishga yuboriladi. Rossiyada esa ularning mehnat, dam olish va ijtimoiy huquqlari kafotlatlanadi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bilan  mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash haqidagi shartnomani ratifikatsiya qiluvchi FZ-366 sonli qonunni imzoladi, deyilgan prezident rasmiy portalida.

Ushbu Federal qonun O‘zbekiston va Rossiya orasida 2017-yilning 5-aprelida Moskvada imzolangan shartnomaga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash, ularning immigratsiyadan oldin tayyorlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni nazarda tutadi.

Yangi qonunga ko‘ra, mehnat migrantlariga Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati davomida, bir qator huquqlar kafolatlanadi. Ular orasida Rossiya qonunlariga ko‘ra mehnat qilish, dam olish, tibbiy sug‘urta, ijtimoiy huquqlar va nafaqa olish huquqi bor.

Undan tashqari, qonunda ish beruvchi mehnat migrantlariga eng kam ish haqqidan kam bo‘lmagan miqdorda maosh to‘lashi, turar joy bilan ta’minlashi, alohida hollarda kelish-ketish xarajatlarini qoplashi ham nazarda tutilgan.

Qonunga ko‘ra, ish beruvchi mehnat migranti bilan imzolangan shartnomaning bekor qilinishi haqida Rossiyaning taaluqli organlari hamda O‘zbekiston Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligiga xabar berishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0