TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Putinning matbuot-anjumanida "Bi-bi-si" muxbiri Rossiyaning armiya haqidagi gaplari ikki davlat o‘rtasida qurollanish poygasini vujudga keltirmaydimi, deya savol berdi.
"Biz yadro bombalari tizimini mukammallashtirishda oldinga o‘tib ketdik, shu jumladan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini yengib o‘tishda ham. Balki shuning o‘zi AQShni o‘z yadroviy arsenalini mukammalashtirishga undagandir.
Rossiya rahbari Moskva kuchi yetmaydigan poygaga qo‘shilmasligini ta’kidlab o‘tdi.
"2021 yilga kelib bizda yangi va eng yangi qurol aslahalarning 70%i bizda bo‘ladi, hozirda bu ko‘rsatkich 50%ni tashkil qilmoqda, biz o‘z rejalarimizni to‘liq amalga oshiramiz", — deb bayonot qildi Putin.
Xakerlar hujumi haqidagi savolga to‘xtalar ekan, Rossiya yetakchisi AQShga uyushtirilgan kiberhujumlar ortida kim turganini hech kim bilmasligini aytdi.
Putinga ko‘ra, ayblovlar ortida yutqazgan tomonning o‘zini oqlashga bo‘lgan urinishi turibdi.