TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston Hukumati rasmiy saytida shu haftada amalga oshirilgan yangi tayinlovlar haqida axborot berildi.
Ushbu qarorga ko‘ra, Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Otajonov Nodir Sobirovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Kuchkarov Jamshid Anvarovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari —Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Xolmuradov Suxrob Rustamovich O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat hududlari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Xodjayev Botir Asadillayevich Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.