TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Hukumat tarkibida yangi tayinlovlarni amalga oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida axborot berildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3203-son qaroriga muvofiq Shuxrat Yaxayevich Ismailov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi", — deyiladi xabarda.
Mubin Muxitdinovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari — makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya institutlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Mirzayev shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Prezident farmoniga ko‘ra, Jamshid Abduxakimovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.