TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumati tomonidan savdo va tranzit sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim tayyorlanmoqda. Bitim ikki davlat o‘rtasida tashqi savdoni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.
"Tashqi savdo xajmini oshirish uchun hozirgi kunda tayyorlanayotgan ikki davlat o‘rtasida savdo va tranzit sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim yordam beradi", — dedi vazir G‘aniyev.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Afg‘onistonga har yili 300 ming tonna mineral o‘g‘itlar, 2 ming dona qishloq xo‘jalik texnikasi, 250 ming tonnadan ortiq bug‘doy va boshqa talab etilgan mahsulotlar yetkazib beriladi.
"Bugungi kunda joriy yilda tashqi savdo xajmini kamida 1 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha zaxiralar va imkoniyatlar mavjud", — deb ta’kidladi G‘aniyev.
Osnona shahrida o‘tkazilgan muzokaralarda Mozori Sharif-Shibirg‘on-Maymana-Hirot yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘lni loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshirish to‘fayli Afg‘oniston shimoliy-g‘arbiy transport iqtisodiy yo‘li barpo etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil yanvar oyida O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari tomonidan Qabulda tashqi savdoni 1,5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" qabul qilingan edi. O‘zbekiston TIVning ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yil yanvar-oktabr oylarida ikki davlat o‘rtasida tashqi savdosi 429 mln dollarni tashkil etgan. Tashrif davomida biznes vakillari turli xil mahsulotlar va xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha sal kam 50 mln dollarga teng bo‘lgan shartnomalar imzoladilar.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.