TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Oripovga Turmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) gaz quvuri loyihasida ishtirok etishni taklif qildi, deb xabar qildi Turmaniston davlat axborot agentligi.
Bundan tashqari, Berdimuhamedov Kaspiy shelfida neft-gaz konlarini o‘zlashtirish loyihasiga qo‘shilishni taklif qildi.
Sal avval O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekneftegaz" kompaniyasiga TAPI gaz quvuri loyihasiga qo‘shilish masalasini o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, TAPI gaz quvur loyihasi Turmaniston g‘arbidagi Galkinish gaz qazib chiqarish koni bilan Hindiston va Pokiston chegarasida joylashgan Fazilka punktini ulash ko‘zda tutilgan. 2015-yil dekabr oyida 214 km uzunlikda bo‘lgan gaz quvurini qurish ishlari boshlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.