Mirziyoyev Tramp ma’muriyatining Afg‘onistonga oid da’vatini qo‘llab-quvvatladi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON
Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilishi kerak", - dedi Mirziyoyev.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 19 sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh qarorgohida o‘z ishini boshlagan Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Afg‘oniston muammosiga to‘xtalib o‘tdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev BMTda diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilish taklifini kiritdi

"Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada Mirziyoyev AQSh prezidenti janob Donald Tramp ma’muriyatining Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarga yo‘naltirilgan, afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish da’vatini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

"Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim. Donishmand afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal qilishga haqlidir", — deb ta’kidladi Mirziyoyev.

Maket ploshadi Registan, podarenniy Mirziyoyevim OON - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tuhfasi: Registon maydoni maketi BMT shtab-kvartirasi bezagiga aylandi
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shmoqda va bundan keyin ham hissa qo‘shishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda vaziyat oxirgi oylarda keskin yomonlashdi. Mamlakatning qishloq hududlarini zabt etgan "Tolibon" harakati endi yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Mamlakat hududida o‘tgan yillarga nisbatan "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ta’siri o‘n baravarga ortdi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, faqat oxirgi uch oy ichida Afg‘onistonda tinch aholining 715 nafari halok bo‘lgan va 1,5 mingga yaqini jabrlangan.

Yangiliklar lentasi
0