Statistika qo‘mitasi yanada ishonchli ma’lumotlar bera boshlaydi

© Mejdunarodniy Press-klubKonferensiya v MEjdunarodnom Press-klube: Liberalizatsiya ekonomiki...
Konferensiya v MEjdunarodnom Press-klube: Liberalizatsiya ekonomiki... - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan anjumanda Davlat Statistika qo‘mitasi vakillari sohada olib borilayotgan muhim o‘zgarishlar haqida xabar berishdi.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Bugun Xalqaro Press-klubda “Iqtisodiyotni liberallashtirish: iqtisodiy o‘sish va inflyatsiya jarayoni” mavzusida navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi Raisning birinchi o‘rinbosari Bohodir Mirusmanov va yana ushbu muassasaning yana bir qator rahbarlari ishtirok etishdi.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizatsiya qilinishini bildirdi

Davlat Statistika qo‘mitasi vakillari o‘zlari oldidan turgan asosiy maqsadlar qatorida quyidagilarni sanab o‘tishdi:

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kengroq qamrab olish;

statistik kuzatuvlar tizimini xalqaro amaliyotga moslashtirish;

statistik axborotlarni maksimal darajada ochiq-oydinligini ta’minlash;

respublika ko‘rsatkichlarini xalqaro statistik to‘plamlarda chop etish;

xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish;

statistika hisobotlarini tayyorlashda xo‘jalik subyektlariga ko‘maklashish;

ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish;

statistik ma’lumotlarning yagona bankini shakllantirish;

Konvertdagi valyuta - Sputnik O‘zbekiston
Statistika qo‘mitasi korrupsiya bo‘yicha kuzatuv o‘tkazmoqda

statistika organlarining tahliliy imkoniyatlarini mustahkamlash;

Undan tashqari, Davlat Statistika qo‘mitasi xalqaro reytinglarda xolis va to‘g‘ri baholanishini ta’minlash maqsadida, xalqaro tashkilotlarning 18 ta savolnomasi doimiy ravishda to‘ldirilib kelinayotganini xabar qildi.

Xususan, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK), Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlarga statistik ma’lumotlar sohasida hamkorlik amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, 2017-yil 1-noyabrdan boshlab, Davlat statistika qo‘mitasining Internet tarmog‘idagi yangilangan veb-sayti ishga tushirilganligi va unda ko‘plab statistik ma’lumotlar, tahliliy ma’lumotlar joylashtirilgani haqida xabar berildi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Valyuta islohoti O‘zbekiston iqtisodiyotining yuksalishiga olib keladi - XVF

Undan tashqari, Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan ma’lumotlar tarqatish tizimi (XVF k-MTUT)ga ulanish jarayoni jadallik bilan amalga oshirilayotgani ham aytib o‘tildi. Shuningdek, rasmiy veb-saytida “XVF k-MTUT” sahifasi ochildi va unda Yig‘ma ma’lumotlar milliy sahifasi, Yig‘ma ma’lumotlar jadvallari, metama’lumotlar va ma’lumotlarni e’lon qilish taqvimlari, XVF mutaxassislari bilan hamkorlikda, joylashtirib borilmoqda.

Kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida jamlash va e’lon qilinishini yo‘lga qo‘yish uchun, Hukumat tomonidan alohida Nazorat rejasi, Idoralararo ishchi guruhi tashkil qilindi va ular 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab ishga tushadi.

 

Yangiliklar lentasi
0