Statistika qo‘mitasi korrupsiya bo‘yicha kuzatuv o‘tkazmoqda

Obuna bo‘lish
Qo‘mita internet sahifasida so‘rovnoma berilgan bo‘lib, uni barcha xohlovchilar to‘ldirishlari mumkin.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi o‘zbekistonliklarni 30-30 dekabr kunlari korrupsiyaga qarshi monitoring doirasida o‘tkazilayotgan kuzatuvlarda ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, monitoring o‘tkazishdan maqsad korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha davlat statistika organlarida korrupsiya darajasini pasaytirish usullarini izlashdir.

Qo‘mita internet sahifasida so‘rovnoma berilgan bo‘lib, uni barcha xohlovchilar to‘ldirishlari mumkin.

"Sizning mazkur so‘rovnoma savollariga bergan javoblaringiz yordamida aniq va to‘liq ma’lumot olishga, uni tahlil qilib to‘g‘ri xulosa chiqarishga umid qilamiz.

O‘z navbatida, so‘rovnomaning anonim hisoblanishi, respondentning shaxsiga oid ma’lumotlar hech qayerda ko‘rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek javoblaringiz sizga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligi kafolatlanadi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0