Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizatsiya qilinishini bildirdi

© uz.24Sentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu masala bo‘yicha Markaziy bank, hukumat hamda vazirlik va idoralar iqtisodiy bloki bilan hamkorlikda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, tahlil qilinmoqda

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki hukumat bilan birgalikda mamlakat valyuta bozorini liberalizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqmoqda, dedi MB departament direktor o‘rinbosari Bobur Abubakirov xalqaro press-klubda o‘tgan yig‘ilishda. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar bermoqda.

Abubakirov O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida valyutani tartibga solish, valyuta kursi ilg‘or bozor mexanizmlarini joriy qilish ko‘zda tutilganligini eslatib o‘tdi.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta sotishdan ozod etildi

"Bu masala bo‘yicha Markaziy bank, hukumat hamda vazirlik va idoralar iqtisodiy bloki bilan hamkorlikda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, tahlil qilinmoqda. O‘ylaymanki, tez kunlarda bu yo‘nalishda tadbirkorlar yaxshi xabar eshitishadi", — dedi Abubakirov.

Markaziy bank vakillari shuningdek, bu yil qayta moliyalash stavkasining yillik 9%dan 14%ga ko‘tarilishiga ham izoh berishdi.

"Hozirda valyuta bozori liberalizatsiya haqida gapirmoqdamiz, valyuta kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirishga o‘tmoqchimiz, shu bois stavkani oshirish zarur edi", – dedi MB departament direktor o‘rinbosari Zafar Azimov.

U Markaziy bank mamlakat iste’mol bozoridagi narxlar va inflyatsion xatarlarni tahlil qilib borishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ushbu ko‘rsatkichlar pasaysa, qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytiriladi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "qora bozor" qonuniylashtirildimi?

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayrim mahalliy OAV va internet nashrlarda  O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, "Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar qilingandi.

Xabarda bundan buyon birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolatli banklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi bildirilgan.

Ma’lumot uchun, shu paytga qadar Nizomning 43-bandida "Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar so‘nggi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin kurs bo‘yicha amalga oshiriladi" deb belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0