Valyuta islohoti O‘zbekiston iqtisodiyotining yuksalishiga olib keladi - XVF

© Foto : jarmolukPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro valyuta fondining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Jixad Azur 14-16 sentabr kunlari Toshkentda bo‘ldi

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan valyuta islohoti respublikaga yanada samarali iqtisodiyotga o‘tish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda Xalqaro valyuta fondi matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, XVFning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Jixad Azur 14-16 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib, O‘zbekistondagi qator rasmiy idora va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. Uchrashuvlarda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va o‘tkazilayotgan islohotlar, xususan, almashuv kurslarini unifikatsiya qilish va valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha tadbirlar muhokama qilingan.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank eksportdan kelib tushgan valyuta tasarrufi bo‘yicha tushuntirish berdi

"O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ko‘plab to‘siqlarni bartaraf etishiga to‘g‘ri keladi, lekin mazkur islohotlar mamlakatga yanada samarali va oxir-oqibat rivojlangan iqtisodiy tizimga o‘tish imkoniyatini beradi", — degan Azur o‘z bayonotida.

Azur shuningdek, mamlakat hukumatini mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va hududiy savdoni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qizg‘in olqishlagan hamda XVF O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab rezident jismoniy shaxslar almashtirish punktlarida valyutani chegaralanmagan miqdorda sotish huquqiga ega bo‘ldilar.

Markaziy bank 5-sentabrdan so‘mni deyarli ikki baravarga devalvatsiya qildi. Ilgari mamlakatda turli valyuta kurslari amal qilar, xususan, "qora" bozor va Markaziy bank kursi o‘rtasidagi tafovut ikki baravar edi.

Yangiliklar lentasi
0