TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha akademik ta’til berishga oid kasalliklar ro‘yxatining yangi tahriri taqdim etildi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.
Mazkur ro‘yxat 22 turdagi kasallikdan iborat:
1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari;
2. Surunkali kechuvchi o‘pkaning nospetsifik kasalliklari bilan bog‘liq yurak-o‘pka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja),
3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori bo‘yicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik o‘zgarishlari;
4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (xavfli gepertoniya);
5. Hayot uchun xavfli yurak ritmi va o‘tkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar: MAS sindromi, AV qamal II va III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir daqiqada 50 va undan past bo‘lsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taxikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat);
7. Turg‘un buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari;
8. Statsionar sharoitda davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yallig‘lanish kasalliklarining o‘tkir davri;
9. Og‘ir va qo‘shma travmatik shikastlanishlar;
10. Statsionar sharoitda bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur bo‘lgan turli etiologiyali jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar sirrozi);
11. Endokrin kasalliklarning og‘ir shakli (akromegaliya, diffuz toksik bo‘qoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabetning birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi);
12. Qon tizimi kasalliklari: o‘tkir va surunkali leykoz, idiopatik trombotsitopenik purpura, aplastik anemiya;
13. Asab tizimining surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql-zakovatning chuqur va turg‘un buzilishi hamda psixologik buzilishlar;
14. Shizofreniya barcha turlarining xuruj davri;
16. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, manikal depressiv psixoz va tez-tez takrorlanuvchi manikal depressiv holatlar;
17. Psixopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari;
18. Og‘ir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari: asoratlangan psoriaz, po‘rsildoq yara, Layell sindromi, Stivens-Jonson sindromi;
19. Zaxmning yuqumli bosqichi;
20. Traxomaning I, II va III darajalari;
21. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno):
22. Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).
Ma’lumot uchun, talabaga salomatligini tiklash maqsadida beriladigan akademik ta’til u doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi komissiyasining xulosasi ilova qilingan arizaga ko‘ra, 12 oy muddatga taqdim etilishi mumkin.