Abituriyentlar diqqatiga: kirish ballini to‘play olmaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin

© SputnikO‘zbek talabalari
O‘zbek talabalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qarorga ko‘ra, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan abituriyentlar ham oliygohga o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi shart hamda oshirilgan kontrakt pulini to‘lay olish imkoniga ega bo‘lishi lozim

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish borasida O‘zbekiston prezidentining 5-may kuni "2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Studenti v auditorii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Prezident oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
2017/2018 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66 316 nafar (davlat grantlari — 18 194 ta, to‘lov-kontrakt asosida — 48 122 ta), magistrlar uchun 5 000 nafar (davlat grantlari — 1 556 ta va to‘lov-kontrakt asosida — 3444 ta) etib belgilandi.

Shuningdek, maxsus sirtqi bo‘lim negizida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishni ta’minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 100 nafar, Navoiy davlat konchilik institutida to‘lov-kontrakt asosida 90 nafar va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida to‘lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabulni amalga oshirish joriy etiladi. Buning uchun abituriyentlar kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi shart hamda oshirilgan kontrakt pulini to‘lay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga ehtiyoj katta bo‘lgan hududlar uchun O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 14ta oliy o‘quv yurti kapital ta’mirlanadi
Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, kadrlarni maqsadli tayyorlashning asosiy buyurtmachilari hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralarga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ular o‘qib egallagan kasbiga va tuzgan shartnomalariga muvofiq ish bilan bandligini ta’minlash, jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bo‘lgan hududlariga ishga yo‘llanma olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun munosib mehnat va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish yuzasidan javobgarlik yuklangan.

Prezident qarorida belgilab berilgan maqsad va vazifalar yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining strategik rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishi doirasida olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirishga zamin yaratadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0