Qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2016-yilda qandli diabet oqibatida vafot etganlar soni 4,5 mingga yaqin bo‘lsada, lekin diabet kasaliga chalinganini bilmay, qonda shakar miqdori oshib ketishidan vafot etayotganlar soni bundan 3-4 baravar ko‘p.

Butun dunyoda qandli diabet kasaliga chalinganlar soni yer shari aholining 7% ni tashkil qiladi. Kasallik kelib chiqishiga aksariyat hollarda oshqozon osti bezining faoliyati buzilishi yoki ortiqcha semizlik sabab bo‘lmoqda.

Qandli diabet o‘z vaqtida aniqlanib, unga nisbatan profilaktika choralari ko‘rilmasa, u tez vaqt ichida inson bo‘yrak, yurak, ko‘z va boshqa organlarini ishdan chiqarishi mumkin.

Ushbu kasallik haqida to‘liq ma’lumot olish uchun bizning infografikamizni tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0