O‘zbekistonda dorilar narxini Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishRabota farmatsevticheskogo predpriyatiya "Oblastnoy aptechniy sklad" v gorode Chelyabinske
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistona qonunchilikka "in bulk" mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narxini belgilash tartibiga alohida e’tibor qaratiladi

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun qat’iy narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev navbatdagi davlat konsernini tugatdi
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, 2016-yil 31-oktabrda prezidentning PQ-2647-son qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatildi.

Shu bilan birga endilikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari uchun qat’iy narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Farmonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish, narxini belgilash tartibini takomillashtirish, qonunchilikka "in bulk" mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narxini belgilash tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini ularning xalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlari, shuningdek, davlat sog‘liqni saqlash muassasalari hamda davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh turgan boshqa bino va inshootlar negizida ijtimoiy dorixonalarning joylashuvi tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0