Samarqand anjumani va Mirziyoyev doktrinasi – xolis nazar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKonferensiya po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii
Konferensiya po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda 10-11 noyabr kunlari "Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 21 noya — Sputnik, Igor Nikolaychuk. Samarqand anjumanida jahonning 20 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan siyosatchilar, diplomatlar va ekspertlar Markaziy Osiyoda bugungi kunda to‘qnash kelayogan muammolarni va tahdidlarni, shuningdek, mintaqada va uning tashqarisidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qilishdi.

Shavkat Mirziyoyev, Emomali Raxmon i Nursultan Nazarbayev na sammite v Er-Riyade - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo uvadasi chiqqan ko‘rpadan voz kechib, amaliy ishga o‘tishi kerak - ekspert Qodirov

Ushbu hodisaga mening munosabatim shunday tadbir juda qiziqarli va muhim, lekin Rossiya xavfsizligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Shuning uchun, xolis nazar. Befarqlik yoki bir chekkadan turib qarash emas.

Shundan boshlash mumkinki, bugungi kunda O‘zbekiston kuchli diplomat kadrlariga ega. Men hech kimni hafa qilishni istamayapman, lekin na madaniyat arboblari, na iqtisodchilar hattoki harbiylar ham hozircha bunchalik ko‘zga ko‘rinishmayapti. Diplomatlar esa yaqqol ko‘zga tashlanishmoqda. Ular bunga loyiq.

Xususan men o‘zim, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xodimlarini juda yaxshi ko‘rib qoldim. Ular o‘sib borayotgan mukammal kollektivga aylangan. TIV va unga yaqin boshqa tuzilmalar ham ildam qadamlar tashlamoqda. Ularning oldiga har qanday keng ko‘lamli jiddiy vazifalar qo‘ysa ham bo‘ladi. Masalan, Markaziy Osiyo geosiyosatning mustaqil va yaxlit birligi — degan siyosiy tamoyilni joriy qilish.

Shu bilan bir vaqtda, shuni anglash kerak-ki, Markaziy Osiyo xalqlari rivojlanish, madaniyat, iqtisod, geosiyosat nuqtayi nazaridan yagona birlikni tashkil qiladi. Hudud xavfsizlik muammolari ham umumiydir. Bu mavzuda esa, muhokama qiladigan narsa ko‘p va shuning uchun ham u muhimdir. Buni "Mirziyoyev doktrinasi" yoki "Markaziyosiyochilik" desa ham bo‘ladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo bo‘yicha "olti diplomatiya" taklifi
Bu doktrinani (siyosiy nuqtayi nazarni) ma’lum diplomatik bosqichlar natijasida amalga oshirish mumkin. Dastlab davlat tomonidan oliy darajada jahon sahnasida uni e’lon qilish kerak. Bu Mirziyoyev tomonidan BMT minbaridan turib amalga oshirildi. Prezident so‘zlagan nutqi kuchli va muhim bo‘lgani haqida men oldin ham aytib o‘tgan edim. Bu muvaffaqiyatli qadam bo‘lgan edi. keyingi bosqichda esa, muvaffaqiyatni mustahkamlab olish uchun — turli mamlakatlar ekspertlari yordamida muhokama qiladigan xalqaro anjuman o‘tkazish kerak edi. Bu ham amalga oshirildi, 20ta mamlakatdan ekspertlar keldi. Bu juda yaxshi.

Boshida anjuman BMT shafeligida o‘tkaziladi deyilgan edi, lekin aslida esa BMT juda sust harakat qildi. To‘g‘ri BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiyasi bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mintaqada davlatlar o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro anjuman tarixiy mohiyatga ega ekanini e’tirof etdi. Shuningdek, BMTning Markaziy Osiyoda narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal bu xalqaro anjuman yana bir bor mintaqadagi davlatlarning narkotrafikka, odam savdosi qarshi kurashish, barqarorlikni ta’minlash yakdil qarashlarni namoyon qilganligi haqida gapirib o‘tdi.

Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Norov: Markaziy Osiyo — rivojlangan va yetarli imkoniyatlarga ega mintaqa
Shuningdek, Mittal konferensiyada bildirilgan takliflar va tashabbuslar kelgusi muzokaralar uchun asos sifatida xizmat qilishi va BMTning barcha tuzilmalari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. To‘g‘risini aytish kerak, buni juda katta va’da deb bo‘lmaydi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, o‘zbek OAVlaridan boshqa OAVlar Samarqand konferensiyasi "BMT shafeligi" ostida o‘tkazilganiga unchalik katta urg‘u berib o‘tishmadi.

Anjumanda ishtirok etgan amerikaliklar so‘zlagan nutqlariga ko‘ra, AQShning Markaziy Osiyoga munosabatini befarqroq desa ham bo‘ladi. Ular aytishiga qaraganda, AQShning ushbu hududga diqqatini jamlash istagi yo‘q. Oddiy so‘z bilan aytganda, ushbu hudud mamlakatlari bilan umumiy (hududiy)asosda emas, yakkama-yakka tartibda belgilanadi. Albatta, AQSh uchun Markaziy Osiyo rahbarlari bilan Afg‘oniston borasida muzokaralar olib borish muhim, lekin AQSh Davlat Departamenti uchun "S5+1" ko‘rinishdagi muzokaralar ushbu hududda siyosat olib borishning yagona uslubi emasga o‘xshaydi. Xususan, AQSh uchun bu yerda yanada "qiziqroq" imkoniyatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, Afg‘oniston muammosini Hindistonga topshirib, shunday yo‘l bilan uni Xitoy va Pokiston zarbasi ostiga qo‘yish. Afg‘oniston hukumatiga esa bugungi kunda faqat bir narsa kerak — pul, xavfsizlik emas!

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi yirik anjuman yangi siyosiy xaritani hosil qildi - Abdulaziz Kamilov
Ushbu hududning siyosiy yagona bo‘lish rejalarini ikki qo‘li bilan qo‘llab-quvvatlovchi kuch bu — Yevropa Ittifoqi bo‘lishi mumkin. Oxirgi vaqtlarda YeI dunyoda iqtisodiy "yirtqichga" aylanib bormoqda. Markaziy Osiyodagi 70 millionli iste’molchilar bozori uning uchun yaxshigina sovg‘a bo‘lishi mumkin. YeI uchun ushbu millionlarni, albatta, besh bo‘lakka bo‘lib emas, yoppasiga olgan ma’qul. YeI xavfizlik siyosati bo‘yicha komissari Federika Mogerini o‘z nutqini o‘lgan sherni bir tepib o‘tish bilan boshladi. Xususan, u Markaziy Osiyo xalqlari sobiq Ittifoq tarkibida bir necha o‘n yilllar davomida bo‘lishiga qaramasdan Markaziy Osiyo xalqlari o‘z madaniyati va urf-odatlarini yo‘qotmaganligini aytib o‘tdi.

Men o‘sha vaqtlarning tirik guvohi sifatida, Mogerini xonimga e’tiroz bildirishim mumkin. O‘sha vaqtlarda Moskva ko‘chalarida do‘ppi kiygan o‘zbek erkaklar yoki chiroyli atlas ko‘lakli o‘zbek qizlar juda mos ko‘rinar edi, chunki SSSRda har qanday milliy o‘ziga xoslik qo‘llab-quvvatlanar edi. Bugun ham Moskva ko‘chalarida o‘zbekistonlik mehmonlar juda ko‘p. Lekin ularning asosiy "madaniyati" arzon yevropa sport kiyimlari-yu xitoy kurtkalari bilan belgilanadigan bo‘lib qolgan. Chiroyli milliy choponlar esa bozorlarda qiziq sovg‘a sifatida sotilmoqda. Men buni shunchaki gap o‘rnida aytayapman, xolos.

Federika Mogerini buni ochiqchasiga aytdi ham. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI Markaziy Osiyo bilan savdo-sotiq sohasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor, bu ularga 70 millionli bozorga chiqish imkonini beradi. Lekin buning uchun MO hududida iqtisodiy va huquqiy islohotlar olib borish kerak. Ushbu ishlar aynan hozir faollik bilan olib borilmoqda desa ham bo‘ladi.

Samarqandda a’lo darajada tashkillashtirilgan anjuman yana bir muhim holatni namoyish qildi. O‘zbekiston rahbariyati dunyodagi vaziyatni yaxshi anglab tushungan va o‘z tashabbusiga ega. Ular o‘zining ijobiy siyosiy niyatlarini ham namoyish qilmoqda.Shuningdek, yaxshigina diplomatik resurslar ham bor. Qo‘shni mamlakatlarning ushbu tashabbusga bo‘lgan hamjihatligi hozircha noma’lum bo‘lsada, lekin bu katta yo‘lning boshi. Xo‘sh, nima ham derdik, qimirlagan qir oshar. Hamrohlar esa ertami kechmi yo‘lda uchraydi yoki qo‘shiladi. Ushbu yo‘lda nafaqat qaysi tomonga borish, balkim kim bilan borish ham muhimdir.

Yangiliklar lentasi
0