Vladimir Norov: Markaziy Osiyo — rivojlangan va yetarli imkoniyatlarga ega mintaqa

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Sputnik muxbiri bilan suhbatda hamkorlik istiqbollari, Markaziy Osiyo mamlakatlarining yangi shakldagi hamkorligining ustun jihatlari haqida so‘zlab berdi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik, Dmitriy Klyuchevskiy. 10-11 noyabr kunlari Samarqandda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan anjumanda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari hamda ekspert va diplomatlar Markaziy Osiyo beshligi uchun davlat rahbarlari darajasida muloqotning yangicha shakli zarur degan yakdil xulosaga keldilar.

Sputnik muxbiri Markaziy Osiyo ichida hamda uning tashqarisidagi hamkorlik istiqbollari haqida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov bilan suhbatlashdi.

Mirziyoyev: kajdaya strana SA formiruyet budushee regiona - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: mintaqa kelajagi Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda

— Siz rahbarlik qilayotgan institut rossiyalik hamkasblar bilan qanday hujjatlar imzoladi, qaysi yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda?

— Biz yanada mustahkam aloqalar o‘rnatish va birgalikda ekspert tadbirlarini tashkil etish maqsadida Rossiya prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladik. 2018-yilning birinchi choragi nihoyasida davra stoli o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yilning aprelida Moskvaga tashrifi yakunlariga ko‘ra barcha sohalarda kelishuvlarga erishildi, bir necha milliard dollarlik o‘nlab shartnomalar imzolandi. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Bizning vazifamiz hali ochilmagan, ayniqsa Rossiya hududlaridagi salohiyatni baholashdir. Aynan shu maqsadda RSTI bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Bu birinchi navbatda iqtisodiy va investitsion hamkorlik bilan bog‘liq, lekin boshqa yo‘nalishlar ham bor.

Siyosiy muloqotlarga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘rtasidagi ishonch va bir-birini tushunish yuqori darajada ekanligi kuzatilmoqda. Strategik va ittifoqchilik hamkorligi bo‘yicha ilgari erishilgan kelishuvlar hozirda amaliy ifodasini topmoqda.

— Sizningcha, Rossiya va O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasiga umumiy tahdid solib turgan qaysi xavf-xatarlar tashvishga solmoqda?

— Birinchi navbatda, bu Afg‘onistondagi vaziyat, terrorchi va ekstremistik guruhlarning faollashuvi ehtimoli, shu bois bu masalada kuchlarni birlashtirish juda muhim hisoblanadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo bo‘yicha "olti diplomatiya" taklifi

Ikkinchi yo‘nalish – bu Rossiyada bo‘lib turgan mehnat migrantlarining ekstremistik yoki terrorchi guruhlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish. Sankt-Peterburg va Nyu-Yorkdagi fojiali voqealar bu masalaning o‘ta dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda. Jahon ekspertlari O‘zbekiston fuqarolari radikal oqimlar ta’siriga respublika tashqarisida tushib qolishayotganini tan olishmoqda. Mamlakatimizda yoshlarning ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha samarali tizim allaqachon ishlab chiqilgan. Bunda mahalla o‘z-o‘zini boshqaruv instituti hamda diniy ta’lim tizimi muhim rol o‘ynadi. Bizda islomning asl qadriyatlari borasida aniq tasavvurga ega minglab imom-xatiblar bo‘lib, ular aholiga, ayniqsa yosh avlodga ta’lim berib kelmoqdalar. Ular insonga ma’naviy quvvat beruvchi ma’rifatli islom dinining o‘ziga xos targ‘ibotchilaridir.

— Anjumanda Markaziy Osiyoning birlashishi borasida takliflar bo‘ldi, mazkur mintaqa davlatlari o‘z kelajaklarini o‘zlari shakllantirishga tayyor ekanligi haqidagi qarashlar bildirildi. Ammo ayrim qarama-qarshiliklar ham mavjud, tashqi kuchlarning ta’siri va manfaatlarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Ushbu vaziyatda Markaziy Osiyo davlatlarining birlashish istiqboli qay darajada?

— Forumda Markaziy Osiyo jahonning yetakchi markazlari – Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron va Pokiston o‘rtasida bufer hududi rolini bajarishi haqidagi fikr yangradi. Markaziy Osiyo xalqaro e’tibor markazida ekanligi, ma’lum bir geosiyosiy raqobatni keltirib chiqarishining ajablanarli joyi yo‘q.

Rashid Alimov - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo G‘arb va Sharq o‘rtasidagi chorrahadan "markaz"ga aylandi - Rashid Alimov

Shu bilan birga Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar, ayniqsa O‘zbekiston o‘tgan chorak asr davomida teng masofali tashqi siyosatni ishlab chiqishga erishdi. U bir davlat bilan boshqa davlat manfaatiga ziyon yetkazmagan holda hamkorlik qilishga asoslangan.

Shu tarzda Yaponiya yoki Koreya "Markaziy Osiyo davlatlari plyus Koreya yoki Yaponiya" shaklini taklif etsa yo bo‘lmasa "YeI+Markaziy Osiyo" shakli taklif etilsa, bu shakllar mavjud xalqaro maydonlar, masalan, Rossiya tashkiliy davlat hisoblangan MDHga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Xitoy, yaqindan buyon Hindiston va Pokiston ishtirok etuvchi ShHT borasida ham vaziyat shunday.

Aynan MDH va ShHT Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘plab masalalar – mintaqaviy va xalqaro masalalarda o‘z qarashlarini yaqinlashtirish imkonini berdi hamda xavfsizlik va barqarorlik, transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha umumiy manfaatlarga ega bo‘lishini ta’minladi. Bir tarafdan Rossiyaning tashabbusi — "shimol-janub" loyihasi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan Xitoy taklif etgan "sharq-g‘arb" transport yo‘lagi bor. Lekin ular bir-biriga zid emas, aksincha, bir-birini to‘ldiradi.

Bugun Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa miqyosida birgalikda harakat qilishi, maslahatlashishi lozim degani mazkur besh davlatdan tashqaridagilar bilan qarama-qarshi bo‘lish degani emas. Bizning uchrashuvlarimiz ochiq tusda bo‘ladi va hech kimning manfaatiga qarshi qaratilmaydi.

Amerikalik siyosatchilar: Toshkent Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhitni shakllantirdi

Yetakchi hamkorlar – Rossiya va Xitoy, AQSh va Yevroittifoq hamda Hindiston va boshqa davlatlar bizning o‘zaro munosabatlarimiz hech qachon boshqalar manfaatiga tahdid solmasligini yaxshi anglashadi. Mintaqa ichida ham, jahonning yirik markazlarida ham birdamlik mana shundan kelib chiqadi. Ular bugungi Markaziy Osiyo — rivojlangan va yetarli imkoniyatlarga ega mintaqa ekanligini bilishadi.

Hozircha yechimi noaniq masalalarni esa ekspertlar darajasida hal qilamiz. Oktabr oxirida biz O‘zbekiston-Qozog‘iston forumini o‘tkazdik, hozirda esa mintaqaviy forumni tashkil etish va barcha ishtirokchilarni jalb etish uchun uning tamoyillarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqdamiz. Biz barcha mavjud murakkabliklarni o‘rganib chiqamiz va ekspert tahlili hamda u yoki bu masalani yechish bo‘yicha takliflar tayyorlaymiz.

— Mintaqa davlat rahbarlari uchun ShHT yoki MDH tamoyillari bo‘yicha muzokaralar maydoni tayyorlash kerakmi yoki doimiy joy tanlagan yaxshimi?

— Anjumanda Qozog‘iston TIV rahbari Markaziy Osiyo rahbarlarining ana shunday birinchi uchrashuvini Navro‘z bayrami arafasida Astana shahrida o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Keyinchalik esa qaysi davlat o‘z maydonini taklif qilishiga qaraladi. O‘zbekiston bunday uchrashuvlar faqatgina o‘z hududida o‘tkazilishi kerak degan qarashdan yiroq.

Bunday shaklda hech qanday kotibiyat bo‘lmaydi, hammasi kim taklif etadi tamoyili asosida bo‘ladi. Shunga muvofiq, mezbon davlat barcha tashkiliy masalalarni o‘z zimmasiga oladi, asosiy kun tartibi va boshqa jihatlarni tayyorlaydi. Ishonchim komil, bunday uchrashuvlar mintaqadagi barcha davlatlarning o‘zaro munosabatlari yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0