Shavkat Mirziyov koreyslar O‘zbekistonda yashayotganining 80-yilligi bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2017-yil davomida koreyslarning O‘zbekistonga kelganining 80-yilligiga bag‘ishlangan bir necha tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. O‘tgan asrning murakkab 1937-yilida Uzoq Sharq mintaqasidan o‘n minglab koreyslar siyosiy tayziq  ostida O‘zbekistonga olib kelingan edi. O‘zbek xalqi ularni bag‘rikenglik bilan kutib olgan, boshpana bergan edi.

Prezident o‘z nutqida koreys millatining irodasi va mehnatsevarligini yuqori baholadi.

“Mehnatsevarligi, qat’iy irodasi, ahilligi, intizomi, yerga mehri bilan, dunyoqarashimiz va madaniyatlarimiz o‘xshashligi tufayli koreyslar O‘zbekiston timsolida ikkinchi Vatanini topdi va uning munosib farzandi, ko‘p millatli O‘zbekistonning teng huquqli fuqarosiga aylandi, hurmat-e’tibor qozondi. Xalqimiz shunday yurtdoshlari bilan faxrlanadi”, — dedi Mirziyoyev.

Noviy zamestitel generalnogo direktora Sentra po koordinatsii  i razvitiyu rinka sennix bumag gospodin DjungSong Choi - Sputnik O‘zbekiston
Koreya fuqarosi O‘zbekistonda yuqori lavozimlardan birini egalladi

Prezident nutqida koreys millati O‘zbekiston rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi ham alohida qayd etildi.  

“Biz koreys millatiga mansub yurtdoshlarimizning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyatini mustahkamlash, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini yuksak qadrlaymiz.

Ular yurtimizdagi cho‘llarni o‘zlashtirishda faol ishtirok etdi, qiyin sharoitlarda qo‘riq yerlarga ishlov berdi, yerning tilini biladigan omilkor dehqon sifatida keyinchalik eng ilg‘orlar qatoridan joy olgan xo‘jaliklar barpo etdi.

Mamlakatimizda katta obro‘-e’tibor qozongan 283 nafar koreys millatiga mansub yurtdoshimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan”, — dedi prezident.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 22-25 noyabr kunlari Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi

Shundan so‘ng prezident o‘z vazifasida ko‘zga ko‘ringan va respublikada yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritayotgan bir qator koreys millati vakillarini sanab o‘tdi. Ular orasida Xivadagi Mehribonlik uyi direktori Vera Pak, maktabgacha ta’lim vaziri, senator Agrippina Shin, senator Valeriy Tan, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor Pak, boks bo‘yicha jahon kubogi sohibi Vladimir Shin, rassom Nikolay Shin, akademik Vladimir Kim, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Shek va boshqalar bor edi.

Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekistonda yashayotgan koreyslarning aksariyati o‘zbek tilini yaxshi bilishi va o‘zbek madaniyatini yaxshi tushunishini yuksak baholadi.

“Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 mingdan ziyod koreys millati vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati o‘zbek tilida so‘zlasha olishi, madaniyatimizni yaxshi bilishini alohida qayd etish zarur. Buni biz o‘zbek xalqiga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom sifatida qabul qilamiz”, — dedi prezident.  

1991 yilda mustaqillikka erishilganidan so‘ng Janubiy Koreya bilan aloqalar izchil rivojlanib bordi. Andijon viloyatida koreyslar bilan hamkorlikda avtomobil zavodi qurildi, Toshkentda yirik to‘qimachilik kombinati barpo etildi. Ushbu hamkorlikka koreys diasporasi katta hissa qo‘shmoqda.  

Nutqining so‘nggida prezidenttadbir ishtirokchilari va barchaga ezgu niyatlar tiladi.

Otkritie Monumenta blagodarnosti uzbekskomu narodu ot  koreysev Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Kansahamnida - koreys xalqining O‘zbekistonga minnatdorlik ramzi

“Qadrli tadbir ishtirokchilari, Siz va sizning timsolingizda barcha koreys yurtdoshlarimizga umumiy uyimiz – jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lidagi fidokorona va samarali mehnatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyat, oilaviy baxt va farovonlik tilayman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning iyun oyida Toshkentdagi  Do‘stlik bog‘ida koreys millatining O‘zbekistonga minnatdorligini aks ettiruvchi “Kansahamnida” yodgorligi ochilgan edi. Ma’nosi “Minnatdormiz” degan ushbu yodgorlik, koreyslar mablag‘i evaziga koreys me’morlari tomonidan barpo etilgan.  

Yangiliklar lentasi
0