Koreya fuqarosi O‘zbekistonda yuqori lavozimlardan birini egalladi

© UzNews.uz Noviy zamestitel generalnogo direktora Sentra po koordinatsii i razvitiyu rinka sennix bumag gospodin DjungSong Choi
Noviy zamestitel generalnogo direktora Sentra po koordinatsii  i razvitiyu rinka sennix bumag gospodin DjungSong Choi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janob JungSong Choi O‘zbekiston iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shish istagida ekanligini aytdi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Koreya fuqarosi janob JungSong Choi (JungSeong Choi) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Janob Choi UzNews.uzga bergan intervyusida O‘zbekistonni judayam yoqtirishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Koreyaning madaniyat va an’analari o‘xshash bo‘lib, bu unga O‘zbekistonda uzoq vaqtdan beri o‘zini qulay his qilishiga yordam bermoqda.

"Men respublikaning iqtisodiy rivojiga, xususan, kapital bozoriga ulkan hissa qo‘shishni istayman. Fikrimcha, bu bozor tez orada Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallaydi", — dedi janob Choi lavozimga tayinlanganligiga izoh berarkan.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Janubiy Koreya ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorlanmoqda

U mazkur lavozimda O‘zbekiston kapital bozorini faollashtirishni asosiy vazifasi deb biladi.

"Mamlakat rahbari bilan 27-oktabr kungi uchrashuvda menga respublikada xalqaro tajriba asosida fond bozorini rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va kadrlar tayyorlashni kengaytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish topshirildi", — dedi u.

Janob JungSong Choi O‘zbekiston kapital bozorining zamonaviy infratuzilmasini yaratish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, milliy kompaniyalar imijini yaxshilash va mamlakatning moliyaviy jozibadorligini xalqaro maydonda oshirish uchun bor bilim va tajribasini ishga solishini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0