Nodirbek Abdusattorov: "Besh yildan so‘ng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatida bo‘laman"

© Foto iz lichnogo arxivaNodir Abdusattarov, yuniy grossmeyster
Nodir Abdusattarov, yuniy grossmeyster - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning eng yosh grossmeysteri unvoniga sazovor bo‘lgan Nodir Abdusattorov har bir turnirdan keyin atigi 2 kun hordiq chiqarib, yana mashg‘ulotlarga sho‘ng‘iydi. Grossmeyster bo‘lish qanday ekan, degan savolga u: "Yaxshi. Lekin meni bundan ham yuksakroq orzularim bor", deya javob qaytardi

TOShKENT, 19 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Nodir Abdusattorov O‘zbekistonda Rustam Qosimjonovdan keyin eng ko‘p tilga olinadigan shaxmat ustasidir. Shu yil, ya’ni 13 yoshida, grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan bu yigit Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbat davomida shaxmatning foydasi, kimga o‘xshashni xohlashi haqida gapirdi va 5-yildan so‘ng qanday yutuqlarni qo‘lga kiritishini taxmin qildi. 

Eng yosh shaxmat ustasi

18 sentabr kuni Nodirbek Abdusattorov 13 yoshni qarshi oldi. Bu yoshda o‘smirlarning aksariyati endigina o‘zligini anglab, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yib, ilk natijalarni qo‘lga kiritishni boshlaydi. Toshkent shahri Yashnobod tumani 152-maktab 7 sinf o‘quvchisi Nodirbek esa bu yoshga kelib, O‘zbekiston shaxmat tarixiga ko‘plab g‘alabalarni muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi - Voxidov Shamsiddin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik shaxmatchilar o‘tgan yil 67 medal sohibi bo‘lishdi

Besh yoshida O‘zbekistonda o‘tkazilgan turnirlarda ilk oltin medalni qo‘lga kiritgan Nodirbek 7 yoshida Sloveniyaning Maribor shahrida o‘tkazilgan musobaqada Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan; 8 yoshida FIDE ustasi, 12 yoshida Halqaro sport ustasi unvonlari bilan taqdirlangan.

12 yoshgacha uch karra Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodir 2017-yil Sankt —Peterburgda o‘tgan xalqaro shaxmat turniridagi g‘alabasi tufayli jahondagi eng yosh ikkinchi grossmeyster maqomiga ega bo‘ldi.

Jahondagi eng yosh grossmeysterlar ro‘yxatiga jami 29 kishining ismi kiritilgan bo‘lib, Nodirbek Abdusattorov bu ro‘yxatdan o‘rin olgan birinchi o‘zbekistonlikdir.

Chempionning tug‘ilishi

…Hammasi oilaviy o‘yinlardan boshlangan. Oila boshlig‘i avval to‘ng‘ich farzandi — o‘g‘liga, so‘ngra, o‘rtancha farzandi — qiziga ushbu o‘yin sirlarini o‘rgatadi. Aka va opasi shaxmat o‘ynab o‘tirishganini ko‘rgan 3 yashar Nodirbek, ular yoniga kelib, shaxmat donalarini qo‘liga olib qiziqsinab tomosha qilardi…

Sarvinoz Qurbonboyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik qiz Yevrosiyoning eng go‘zal shaxmatchisi nomi uchun kurashmoqda
Shoh, farzin, fil, otlar, to‘ra va piyodalarning oq-qora olamiga Nodirbek shu tariqa kirib kelgan.

"Ikki farzandim shaxmat to‘garagiga qatnar edi. Nodirbek kichkina bo‘lgani uchun, uni uyda tashlab ketolmasdim, shu bois o‘zim bilan olib yurardim. Akasi va opasi musobaqalarda qatnasha boshlagach, Nodirbek ham o‘zini sinab ko‘rsin, deya kenjamni turnirlarga qatnashtirishga harakat qildim", — deb esga oladi yosh grossmeysterning onasi — Marziya Ochilova.

Albatta, g‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmagan. To‘siqlar ham bo‘lgan. Gap shundaki, shaxmat to‘garagiga qatnaydigan bolalar yozishni bilishlari shart edi.

"Bolalar o‘z partiyasini qayd etib borishlari uchun yozishni bilishlari shart edi. Shu bois, Nodirbekka 4 yoshidan yozishni o‘rgatganmiz. Mittigina bola bitta "xodni" uch daqiqalar vaqt ketkazib, qiynalib yozardi. O‘g‘lim g‘alabalarga ham birdaniga erishmagan, albatta. Boshida bir necha marotaba yutqazgan, so‘ng durrang o‘ynashni boshlagan va keyin-keyin yutuqlarga erishgan", — qo‘shimcha qiladi Marziya Ochilova.

Oilada Nodirbekning ilk yutuqlarini bot-bot esga olib turishar ekan.

Onaning so‘zlariga qaraganda, Nodirbekka shaxmatdagi "xod"larni hech kim o‘rgatmagan. U uydagilarning o‘yinlarini kuzatish asnosida shaxmat sir-asrorlarini mustaqil o‘rganib borgan.

Nodirning aytishicha, u maktabda sinfdoshlariga ham shaxmat sirlarini o‘rgatadi. "Shaxmatning matematika faniga foydasi katta. Shaxmat o‘yini tufayli hisoblash — qo‘shish va ayirish tezligi ortadi", — deydi u.

Shaxmatchilar ichiga kimga havas qilasiz, degan savolga, Nodir jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi — norvegiyalik Magnus Karlsenni juda yaxshi ko‘rishini va uning har bir o‘yinini qoldirmay kuzatib borishini ma’lum qildi.

Yutish san’ati

Nodirbek shaxmatni tanlagach, ota-onasi uni 15-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabining shaxmat bo‘limiga olib borishadi.

Shaxmat bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida jahon chempionati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahonda tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishmoqda
Murabbiy Ravshan Shukurov ilk uchrashuvdayoq Nodirbekdagi iqtidorni payqagan va uning mahorati oshishida bilim va tajribasini ayamagan.

"Ravshan Shukurov bilan to‘rt yarim yoshimdan shug‘ullana boshlaganman. Besh yoshimda esa 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir chempioni bo‘ldim", — deb esga oladi Nodirbekning o‘zi.

2011 yilda Nodirbek ikki bor Osiyo chempionatida sovrindorlar safidan joy oldi. Dastlab maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan qit’a birinchiligida ishtirok etib, oltin, keyin esa o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medali sohibi bo‘lgan.

Bundan tashqari, Sankt-Peterburgda tashkil etilgan xalqaro turnirda zafar quchgan.

2012 yilda 9 yashar Nodirbek Sloveniyaning Maribor shahrida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan, dunyoning 126 mamlakatidan 2600 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan jahon chempionatida g‘olib chiqqach, ehtimol, O‘zbekistonda Rustamjon Qosimovning izdoshi kamol topayotganiga hech kimda shubha qolmagandir…

Nodir shu vaqtdan boshlab xalqaro grossmeyster Dmitriy Qayumovdan saboq olishni boshlaydi.

Har bir muvaffaqiyat ortida ulkan mehnat yotishini Nodirbek juda yaxshi biladi.

"Boshida mashg‘ulotlarga kuniga 1-2 soatdan vaqt ajratar edim. Professional degan maqomga ega bo‘lgach, yanayam ko‘proq vaqt sarflayapman", — ta’kidlaydi u.

— Shaxmatni jiddiy o‘zlashtirish uchun — o‘z ustingda tinimchiz ishlash, shuningdek o‘z xatolaringni tahlil qilish muhim. Biror turnirda mag‘lubiyatga uchrasam, musobaqa tugashi blian murabbiyim bilan o‘yinni bir boshdan tahlil qilamiz. Qayerda xatoga yo‘l qo‘yganimni aniqlaymiz", — iqror bo‘ladi yosh shaxmatchi.

Nodirning aytishicha, xalqaro turnirlarda har bir "xod"dan keyin harakat strategiyasini hisoblash uchun kerak bo‘lsa bir soat mulohaza qilar ekan. "Har bir "xod"dan keyin variantlar juda ko‘p bo‘ladi. Men ularning hammasini o‘ylab chiqishga harkat qilaman", — dedi shaxmatchi. Nodirning aytishicha, bu variantlar 50tagacha borishi mumkin ekan.

© Dilshoda RaxmatovaNodirbek Abdusattarov pokazivayet korrespondentu Sputnik svoyu lyubimuyu taktiku
Nodirbek Abdusattarov pokazivayet korrespondentu Sputnik svoyu lyubimuyu taktiku - Sputnik O‘zbekiston
Nodirbek Abdusattarov pokazivayet korrespondentu Sputnik svoyu lyubimuyu taktiku

"Uyda bo‘lgan vaqtlarimda ham xilma-xil taktikalarni o‘ylab chiqaman", — suhbatni davom ettiradi u.

Nodirbekning aytishicha, u o‘z kelajagini faqat shaxmat bilan bog‘liq holda ko‘radi. "Besh yildan so‘ng o‘zingizni qayerda va qay tarzda ko‘rasiz?", — degan savolga yosh shaxmatchi "Dunyoning eng kuchli o‘n shaxmatchisi ro‘yxatida bo‘laman", — deya javob berdi.

Shaxmatning vatanidan kelgan raqibni mot qildi

Nodirbek Abdusattorov 29-oktabrda Sankt-Peterburgda yakunlangan Chigorin Memoriali xalqaro shaxmat turnirida hindistonlik 24 yoshli grossmeyster Panayappan Setxuraman va rossiyalik 27 yoshli grossmeyster Yevgeniy Levinni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shavkat Mirziyoyev na sammite OIS v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev toshkentlik maktab o‘quvchisiga Macbook sovg‘a qildi
Rossiyalik xalqaro darajadagi grossmeysterlar —32 yoshli Artem Timofeyev va Yevgeniy Alekseyev bilan durang o‘ynadi. 

Olamshumul g‘alaba olib kelgan turnir haqida gapirar ekan, shaxmatchining onasi Marziya opa shunday dedi: "Sankt-Peterburgdagi turnirga borishdan niyatimiz grossmeysterlikning uchinchi talabini bajarish, rekordni yangilash edi. O‘g‘lim raqiblar bilan o‘yinlarda g‘alaba qozonib, durrang natija bilan yakunlab kelayotgan edi, yettinchi turga yetganida yutqazib qo‘ydi. O‘shanda kayfiyati tushib ketib, yig‘lagan, qo‘shilib birga yig‘ladim… Bor dardlarni chiqarib olgach, ertangi turnirda hech bo‘lmasa yutqazmaslikka kelishib oldik. Raqiblar haqiqatda kuchli edi, ularning yoshi ham katta edi. Xullas, oxirgi tur bo‘ladigan kun oldidan uxlolmay chiqqanmiz…"

Musobaqada grossmeysterlikning uchinchi talabini bajargan Nodir ehtimoliy 9 ochkodan 6,5 ochko to‘plab, 13 yoshida jahondagi eng yosh ikkinchi grossmeyster maqomiga ega bo‘ldi.

FIDE tabrigi va Mirziyoyevning sovg‘asi

Nodir Abdusattorovning yutuqlari eng oliy — xalqaro darajada e’tirof etildi. 2017-yilning noyabrida u Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) prezidentidan qutlov maktubini oldi.

© Foto iz lichnogo arxivaNodir Abdusattorov
Nodir Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston
Nodir Abdusattorov

FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov, Nodir Abdusattorovni grossmeysterlik darajasi bilan tabriklab, quyidagilar fikrlarni bildirgan edi: "Sen mehnatsevarliging, intiluvchanliging, tirishqoqliging va g‘alaba qozonishga bo‘lgan xohishing tufayli ulkan yutuqlarga erishding. Sening hayotga bo‘lgan qarashlaringga har kim xavas qilsa arziydi. Ayni vaqtda sen shaxmat tarixidagi eng yosh ikkinchi grossmeystersan, o‘z yoshing bo‘yicha esa reytingda birinchilikni egallab turibsan. Sen o‘z g‘alabalaring bilan buyuk o‘zbek xalqining munosib vakili ekanligingni isbotlading.

Senga omadlar yor bo‘lsin, mening jajji do‘stim! Sen — o‘z vataning, yaqinlaring va do‘stlaring faxri va g‘ururi, vatandoshlaringning umidisan, ular senga ishonch bog‘lashgan. Yuksak marralar, shaxmat taxtasi atrofida esa go‘zal partiyalar va ilhom tilayman".

Nodirbek Abdusattorovning g‘alabasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham e’tirof etildi. Yosh grossmeysterga zamonaviy noutbuk — MacBook Pro sovg‘a qilindi.

Yangiliklar lentasi
0